Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet265/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

339




  • karam ekinlari-oq karam, qizil karam, savoyskiy karami, rangli karam, brussel karami, gulkaram;

  • piyozsimon sabzavotlar-bosh piyoz, ko‘kpiyoz, porey piyoz, batun piyoz, sarimsoqpiyoz;

  • salat-ismaloq sabzavotlar-salat, ismaloq, shovul;

  • desert sabzavotlar-sarsabil, artishok, rovoch;

  • ziravor sabzavotlar-ukrop, janbil, tarxun, rayhon, mayoran.

Mevali sabzavotlarda o'simlikning mevasi va urug‘i ovqatga
ishlatiladi. Bu turkumdagi sabzavotlar quyidagi kichik guruhlarga bo'linadi:

  • qovoqdosh sabzavotlar-bodring, qovoq, kabachki, patissonlar, tar- vuz, qovun;

  • tomatsimon sabzavotlar-pomidor, baqlajon, qalampir;

  • dukkakli sabzavotlar-no‘xat, loviya, dukkak.

Tuganak mevali sabzavotlar.
Kartoshka. Bu mahsulot aholi ovqatlanishida anchagina o‘rin tutadi, texnik qayta ishlash-quritish, spirt, kraxmal olish uchun xomashyo bo'lib xizmat qiladi.
Kartoshkaning navlari ularning nimaga mo‘ljallanganligiga qarab, shartli ravishda xo'raki, texnikaviy, xashaki va universal navlarga bo‘linadi.
Kartoshkaning xo‘raki navining mazasi yaxshi, silliq, yupqa po‘chog‘ida sayozgina ko‘zlari, shakli esa dumaloq bo'ladi, eti oq, artilganda va to‘g‘raganda tez qoraymaydi. Bunday navli kartoshkalar tarkibida 12-18% kraxmal bo‘lib, ular yaxshi pishib yetiladi.
Kartoshkaning universal navlarida kraxmal ko‘p bo‘ladi, pishirayotganda ezilib ketadi. Shuning uchun ularni pyure qilishga yoki qovurishga ishlatiladi.
Unib yetilish vaqtiga qarab kartoshka ertagi, o‘rtagi va kechki bo‘ladi.
Ertagi navlarga: Ertagi roza, Epikur, Epron, Tezpishar Priyekulskiy navlari, o‘rtapishar navlarga: Ella, Lubimes, Peredovik, Xo‘raki-16 navlari, kechroq o'rtapishar navlarga: Lorx, Berlixengen navlari kiradi. Bular yaxshi saqlanadigan bo‘ladi.
Kartoshka tuganaklari butun, quruq, ko‘karib ketmagan, loy bosmagan, shakli va rangi bir xil, po‘chog‘i zich pishiq (kechki kartoshkada) bo'lishi kerak. Tuganaklarning eng katta ko'ndalang kesimi diametri bo‘ylab quyidagi kattalikda bo'lishi mumkin: ertagi kartoshkada



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling