Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet268/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

342




Seldereyning ildizi sharsimon, ildiz mevasi o‘tkir xushta’m bo‘ladi. Keng tarqalgan navlari: Yablochniy, Snejniy shar, Gribovskiy ildizi. Oshpazlikda ziravor sifatida ishlatiladi. Seldereyning bargi juda ko‘p bo‘lib, yangi va quritilgan tarzda ziravor sifatida ishlatiladi.

Selderey poyasidan salat tayyorlashda foydalaniladi. Unda 3-4 sm gacha sersuv, bo'liq bargpoyalar bo'ladi. Keng tarqalgan navlari: Beloye pero, Zolotoye pero. Seldereyning uchala turi ham yangi, toza, sog'lom bo'lishi kerak. Ildizmevasining eng katta ko'ndalang kesimi diametridagi o'lchami kamida 4 sm bo'ladi.
Karamlarning oziqaviylik qiymati tarkibidagi qandlar, mineral moddalar (kaliy, natriy, kalsiy, fosfor, magniy, temir va h.k), В,, B2, PP,
С, E vitaminlari, organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradigan foliy kislota, sklerozga qarshi ta’sir etuvchi xolin qanchaligiga qarab aniqlanadi. Oq karam tarkibida oshqozon yarasi kasalligini davolashda ishlatiladigan U vitamini bor.
Оq karam. Barcha karam turidan eng ko'p tarqalgan ekin. Xomli- gicha, oshpazlikda, tuzlash uchun ishlatiladi: sersuv oq barglardan iborat zich boshlari esa yangi uzilgan holda yaxshi saqlanadi. Oq karam tarkibida oqsillar (2,5 % gacha), qand (5 % gacha), mineral moddalar (ko'p miqdorda kaliy va fosfor tuzlari), vitaminlar (С, P, В,, B2, PP) bor.
Unib yetilish vaqtiga qarab karam quyidagi navlarga bo'linadi:

  • ertagi navlar-birinchi raqam, Zolotoy gektar va boshqalar. Ertagi karam boshlari zich emas, o'lchami kichik va faqat yangiligicha iste’mol qilinadi;

  • o'rtagi navlar-Slava, Gribovskiy slava, Podarok, Kashirka. Boshlari yirik bo'lib, tuzlash uchun ishlatiladi;

  • kechki navlar-Amager, Zimovka, kechki Moskovskaya. Bularni uzilganicha kuz-qish davrida uzoq vaqtgacha saqlasa bo'ladi.

Standart oq karam boshlari yangi, toza zich yoki kamroq zich (o'rtagi va kechki navlari), lekin yumshoq emas, ro'zg'orbop-botanik navi bir xilda, ko'karib qolmagan bo'lishi kerak. O'zagining uzunligi ko'pi bilan 3 sm. Boshlar ularga zich yopishib turadigan o'q yoki oq barglarigacha yetkazib tozalangan bo'lishi kerak. Boshining og'irligi ertagi karamda-kamida 0,4 kg, o'rtagi va kechki karamda-kamida 0,8 kg bo'ladi. 1 fevraldan boshlab tozalash vaqtida boshining yuzidan ko'pi bilan 1/8 qismi kesib tashlanganda massasi kamida 0,6 kg qolgan karamlarni sotishga ruxsat etiladi.
Qizil karam. Barglari tarkibida antosianlar bo'lgani uchun, qizil karam boshlari binafsha-qizil rangdan to'q-qizil ranggacha bo'yalgan



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling