Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet314/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Xamirning yetilishi-xamirni bijg'itish va «mushtlash» natijasida bo'lak- lash va pishirish uchun qulay holatga olib keladigan jarayonlarning yig'indisi.
Xamirturush-xamir tayyorlash uchun ma’lum qismi sarflanib, qolgan qismiga un va suv qo'shib qayta tiklanadigan mahsulot.
Xushbo'ylantiruvchilar-oziq-ovqat mahsulotlarini yoqimli hid bilan ta’minlash maqsadida qo'llaniladigan ziravorlar, vanilin, xushbo'y essensiyalar va boshqalar.
Yog‘ kislotalari - ko'p atamali yuqori molekular (uglerod atom soni 12 tadan 22 tagacha) karbon kislotalari.
Yog'lar polimorfizmi -yog larning qattiq holda bir necha xil kristallik ho­latda bo'lish xususiyati.
Yog‘larni qayta eterifikatsiyalash - tegishli katalizatorlar ishtirokida yog'lardagi asillarning joylashuv tartibini o'zgartirish.
Yog'ning kislota soni -1 g yog'dagi erkin yog' kislotalarini neytrallash uchun kerak bo'lgan kaliy gidroksidining milligrammlar miqdori.
Zator-pivo ishlab chiqarishda maydalangan don mahsulotlarini suv bilan aralashtirish, isitish va olingan aralashmani ma’lum haroratlarda saqlab turish natijasida olingan mahsulot.
Ziravorlar-tarkibida efir moylari, alkaloidlar va glukozidlar mavjud bo'lganligi tufayli o'ziga xos ta’m va xushbo'ylikka ega o'simlik mahsulotlari (arpabodiyon, dolchin, zira, za’far, zanjabil, hil, qalampirmunchoq va shunga o'xshashlar).

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling