Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Javdar, arpa, makkajo‘xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarning qisqacha tavsifi
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3-rasm. Javdar donining turli shakllari. 8
Javdar, arpa, makkajo‘xori, sholi va boshqa boshoqli ekinlarning
qisqacha tavsifi. Javdar bug‘doydan so‘ng ahamiyati jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi, non mahsulotlari tayyorlanadigan boshoqli ekinlar jumlasiga kiradi. Javdar doni (1.3-rasm) tashqi belgilari bilan bug‘doydan farq qiladi. Javdarda bug‘doy doniga nisbatan aleyron qatlami va murtakning hissasi ko‘proq, endospermining miqdori kamroq. Shuning bilan birga javdar kimyoviy tarkibi bilan ham farq qiladi. Uning tarkibida bug‘doydagiga nisbatan oqsillar va kraxmal kamroq, qandlar va yelimli moddalar ko‘proq bo‘ladi. Asosiy farq oqsilning miqdorida emas, balki uning fizik- kimyoviy xossalaridadir. Javdar donining oqsillari cheksiz bo'kish va oson parchalanish qobiliyatiga ega. 1.3-rasm. Javdar donining turli shakllari. 8 Javdar oqsillarining eng asosiy farqli tomoni shundan iboratki, ular oddiy sharoitlarda yuvib olinadigan kleykovinani hosil qilmaydi. Javdar doni tarkibidagi kraxmal bug‘doy donidagiga nisbatan kamroq bo‘lib, quruq moddalarga nisbatan 56-64% ni tashkil qiladi. Javdar donining kraxraali bug‘doy donining kraxmaliga nisbatan kleysterlanish haroratining pastligi (54-60 °C) bilan ajralib turadi. Javdar kleysteriga yuqori qovushqoqlik va sekin eskirish xos. Javdar nonining sekin eskirishining sababi ham shu bilan bog‘liq. Javdar donining farq qiluvchi xususiyati bo‘lib, unda suvda eruvchi moddalar miqdorining ko‘pligi (12-17%) hisoblanadi (bug‘doyda ular 5-7% ni tashkil qiladi). Javdarning qobiq qatlami (aleyron qatlami bilan birga) bug'doy donidan tubdan farq qiladi. Ularning tarkibida mineral moddalar miqdori, erimaydigan uglevodlar (jumladan, selluloza) miqdori juda kam, qandlar, pektin va boshqa eruvchan moddalar juda ko‘p. Javdar doni qobig‘i tarkibi va tuzilishining o‘ziga xos tomonlari, jaydari va sidirma javdar unlari va ulardan tayyorlanadigan nonning xossalarida yaqqol ko‘rinadi. Tritikale. Olimlar bug'doy va javdar donlarini chatishtirib, yangi donli mahsulot-t r i t i к a I e donini olish ustida yuz yil davomida ish olib bormoqdalar. «Tritikale» nomi bug‘doy (Triticum) va javdar (Secale) donlarining lotincha nomlaridan olingan. Tritikaleni yaratishdan maqsad, donda avlodlarining eng yaxshi xossalari: bug'doydan yuqori hosildorlik va yuqori oqsil miqdorini, javdardan esa tuproq, iqlim va ob-havo sharoitlariga talabchanligining kamligi, kasalliklarga chidamliligini birlashtirishdan iborat. 0‘zbekistonda, Respublika o'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institu- tida tritikaleni madaniylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda ayrim MDH davlatlarida tritikale unining elanma, sidirma va jaydari navlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Tajribalarning ko‘rsatishicha tritikalening yaxshi navlarida (AD-206) oqsilning miqdori javdar uniga nisbatan 1,22-1,77 marta ko‘p ekan. Tritikale unining chiqishi qanchalik yuqori bo‘lsa, un tarkibida oqsillar miqdori ham shunchalik ko‘p ekan. Kleykovinaning miqdori tritikale unida 26-34% bo‘lib, sifati kuchsiz bo‘lishi aniqlangan. Suli-pardali, oq yoki sariq rangli, tuxumsimon cho‘zinchoq yoki urchuqqa o'xshagan don (1.4-rasm). Gul qavati qalin, qo‘pol bo'lib, asosan, selluloza, pentozanlar, mineral moddalardan iborat. Ular don massasining o‘rtacha 28% ini tashkil qiladi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling