Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
-rasm. Suli donining turli shakllari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
1.4-rasm. Suli donining turli shakllari.
1.5-rasm. Arpa donining turli shakllari. kraxmal, patoka, glukoza va boshqalarni ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Tariq, sholi, grechixa qariyb butunlay yormalar olishda ishlatiladi, shuning uchun ular, odatda, yorma o'simliklari deb nomlanadi. Tariq qurg‘oqchilikka chidamli muhim yorma o‘simligidir. Tariqdan olinadigan yorma so’к deb ataladi. Shuning bilan birga tariq spirt ishlab chiqarishda ishlatiladigan solod tayyorlashda qo‘llaniladi. Tariq doni kichik, tuxumsimon, ba’zida qariyb yumaloq shaklda, diametri 2 mm ga teng. Tariq doni tashqarisidan silliq, ammo juda qattiq boMgan don massasining 16% ini tashkil qiluvchi gul qobig‘i bilan o‘ralgan. Tariq o‘zagi oq rangdan och-sariq ranggacha bo‘lib, shaffof yoki unsimon boiadi. Tariq donining kimyoviy tarkibi 14% suv, 11,2% oqsillar, 60,7% uglevodlar, shu jumladan 50,4% kraxmal, 3,8% yog‘lar, 7,9% selluloza, 2,9% mineral moddalardan iborat. Сл-ес/? ('xa-grechixasimonlar oilasi- ga mansub (1.6-rasm). Grechixa don olish uchun va asal olinadigan o'simlik sifatida yetishtiriladi. Grechixa mevalari turli rangdagi uchburchaksimon yong‘oqchalardan iborat. Po‘stlog‘idan ajratilgan meva, mag'iz deb ataladi va yorma sifatida ishlatiladi. Grechixa yormasi juda mazali xususiyatga ega, tarkibida yuqori miqdorda selluloza va mineral moddalar mavjud, grechixa oqsillari aminokislota tarkibiga ko‘ra qiymatli bo‘lib, bu uni parhezbop ovqatlanishda ishlatish imkonini beradi. Grechixa donining o'rtacha kimyoviy tarkibi 14% suv, 11,6% oqsillar, 59,5% uglevodlar, shu jumladan, 54,9% kraxmaldan, 2,3% yog‘lar, 10,8% selluloza, 1,8% mineral moddalardan iborat. Sholi asosiy va qadimiy donli ekinlar qatoriga kiradi. Dunyo miqyosida don yetishtirishda sholi bug‘doydan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Sholi, asosan, yorma (guruch) tayyorlashda, maxsus maqsadlar uchun ishlatiladigan un va kraxmal ishlab chiqarishda ishlatiladi. Guruch yormasi yuqori mazali xususiyatlarga ega va oson hazm bo‘ladi. Bu esa uni parhezbop va bolalar ovqatlanishining almashinmaydigan tarkibiy qismi bo‘lishini ta’minlaydi. Sholi doni pardali bo'lib, tashqarisidan don massasining 20% ini tashkil qiluvchi qo‘pol gul qobig‘i bilan o‘ralgan. Qobiqlarning rangi turlicha-oq-sariq, 11 Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling