Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
83
to‘rtta shnekli) qarab, matritsaning shakliga (yumaloq va to‘g‘ri burchakli) qarab tasniflanadi. Soddaroq tuzilgan va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida keng tarqalgan yumaloq matritsali, bir tog‘orali va bir shnekli makaron pressining texnologik sxemasini ko‘rib chiqamiz (3.6- rasm). Pressning texnologik qismlariga un va suv dozatorlari 1 va 2, parrakli val 4 va tog'ora 3 dan iborat xamir aralashtirgich, suv ko‘ylakli (8) shnekli silindr 6, shnek 7 va almashtiriladigan matritsali (10) presslash boshchasi dan iborat boigan presslash qurilmasi kiradi. Xamir aralashtirgich va shnek vallarini harakatga keltirish odatda yagona uzatma 5 da amalga oshiriladi. Un va suv maium nisbatda uzluksiz oqim bilan dozatorlar yordamida xamir qorish tog‘orasiga beriladi. Bu yerda komponentlar val o‘qiga perpendikular boigan yuzaga nisbatan maium bir burchakka burilgan holda o‘rnatilgan parraklar bilan tutib olinadi, aralashtiriladi va xamir qorish tog'orasining qarama-qarshi tomoniga asta-sekinlik bilan suriladi. Qorishning oxirida hosil boigan ushoqsimon yoki qumoqsimon xamir massasi o‘tkazish teshigi orqali presslash qurilmasining shnekli silindriga kelib tushadi. Presslash qurilmasining asosiy ishchi organi shnek hisoblanadi. U aylanganida sochiluvchan xamir massasi presslash boshchasi tomonga ko‘chadi. Presslash boshchasining pastki qismida joylashgan matritsa shnek tomonidan surib berilayotgan xamir massasining faqat 10-20% ini o‘tkazib yuboradi. Buning natijasida boshchada va shnekli kamerada qarshi bosim hosil boiib, oqibatda xamir zichlashadi, bogiangan 84 zich xamir massasiga aylanadi. Shu ko‘rinishda xamir matritsa teshikchalaridan shakl berilgan makaron mahsulotlari kalavalari holida siqib chiqariladi. Zichlangan qovushqoq xamir massasini matritsaga bosim ostida surish jarayonida shnekning aylanuvchi parraklariga xamirning jadal ishqalanishi natijasida uning qizishi sodir boiadi. Xamirning matritsa oldidagi muvofiq harorati 50-55 °C. Bu holda tirqishlar orqali oson siqib chiqariladigan plastik xamir hosil boiadi. Bundan yuqori haroratlarda xamirning «pishishi» sodir boiib, bu presslangan mahsulotlarning sirtida oqimtir chiziqlar hosil boiishiga olib keladi. Xamirning haroratini pasaytirish uchun shnek ishlayotgan vaqtda shnekli kameraning presslash boshchasiga tutashgan suv ko‘ylagiga sovuq suv beriladi. Matritsa presslovchi qurilma bilan birgalikda makaron pressining asosiy ishchi organi hisoblanadi. U pressning unumdorligini, makaron mahsulotlarining turi (shakli va ko'ndalang kesimining oichamlari) ni belgilaydi, mahsulot sifatiga (yuzasining dag‘alligiga, makaron naychalarining mustahkamligiga) sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Matritsalar korroziyaga uchramaydigan, yetarlicha mustahkamlikka va yeyilishga chidamlilik xususiyatlariga ega boigan fosforli bronza, latun, zanglamaydigan poiat kabi metallardan tayyorlanadi. Matritsalar ikki xilda boiadi: yumaloq (disksimon) va to‘g‘ri bur- chakli (3.7-rasm). Yumaloq matritsalar yordamida uzun va qisqa makaron mahsu- lotlarining barcha turlariga shakl beriladi. To‘g‘ri burchakli matritsalar, mahsulotlar osib quritiladigan avtomatlashtirilgan liniyalarda ishlab chiqariladigan uzun makaron mahsu- lotlariga (makaronlar, vermishel, ugra) shakl berishda qoilaniladi. Shakl beruvchi teshiklari (kanallari)ning tuzilishi va kons- truksiyasiga ko‘ra matritsalar ikkita asosiy turga boiinadi: teshigi vkladishli-naysimon va murakkab shaklli mahsulotlarga shakl berish uchun; teshigi vkladishsiz-naysimon mahsulotlardan tashqari barcha turdagi mahsulotlarga shakl berish uchun. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling