Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Adabiyotlar
1.DFX1D,Moskva-1990Y.
2.M.M.Miralimov „Yigindi prеparatlar tеxnologiyasi", Ibn Sino ,2001y. 3.M.M.Miralimov va boshqalar 
"Dorixonada dori turlarini tayyorlash bo’yicha amaliy qo’llanma",Toshkеnt,1990y.
4. Z.T.S.Kondratеva
“Tеxnologiya lеkarstvеnnix form", Moskva, "Mеditsina", 1999 Y.
5 Laboratoriya mashg’uloti. 
Mavzu: 5% GACHA VA UNDAN KO‘P DORI MODDASINI SAQLAGAN 
SUSPENZION SURTMA DORILAR TAYYORLASH. SIFATINI BAHOLASH
O’qitish maqsadi: Berilgan, tarkib bo’yicha suspenzion surtma tayyorlay olish va sifatini 
baholashni o’rganish.
Mavzuning ahamiyati. Surtmalar tayyorlashda zarur bo’ladigan me’yoriy hujjatlar bilan 
tanishish va ulardan foydalana bilish, ishlatilayotgan dori moddalar eruvchanligiga va 
dorixatda yozilgan miqdoriga qarab surtma dori turini tayyorlash texnologiyasini tanlay bilish 
va asoslash, hamda tayyorlangan suspenzion surtmalami sifatini baholashni o’rganish katta 
ahamiyatga egadir.
Vaziyatli masalalar:
1. Oling: Simob amidoxloriddan 0,5
Vazelindan 20,0
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin
Bering.Belgilang. qo’lga surtish uchun
Тalaba 20,0 g vazelinni suv hammomoda eritdi, havonchaga 0,5 g simob amidoxloridini tortib 
oldi va taxminan 0,25 g eritilgan vazelin bilan bir xil massa hosil bo’lguncha ezildi. So’ng qolgan 
vazelin oz-ozdan qo’shildi. Surtma qadoqlandi va yorliqandi. Retsept to’g’ri tayyorlandimi?
2. Оling: Аnestezindan 5,0
Rux oksididan 20,0
Кraxmaldan 20,0
Vazelindan 100,0
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin
Bering. Belgilang. yaralangan joyga surtish uchun
Тalaba havonchga birinchi bo’lib 20,0 g kraxmal solib maydaladi, so’ng 5,0 g anestezin va
20,0 g rux oksidini tortib olib kraxmalga qo’shib maydaladi. 25,0 g vazelin moyi yordamida 
yaxshilab ezildi, bo’tqsimon massa hosil bo’lgandan keyin suv hammomida eritilgan 100,0 g 
vazelin solib bir xil aralashma hosil qilindi. Surtma qadoqlandi, yorliqab, jihozlandi. Retsept
to’g’ri tayyorlandimi?
3. Оling: Rezortsindan 0,4
Vazelindan 10.0 gacha
Aralashtiring surtma hosil bo’lsin
Bering.Belgilang. teriga surtish uchun
Таlaba 0,4 g rezortsinni 0,2 ml tozalangan suvda eritib, so’ng 9,6 g vazelinni suv 
hammomida eritib oldi va rezortsin eritmasiga bir xil aralashma hosil bo’lguncha aralashtirdi. 
Surtma qadoqlandi va yorliqlab, jihozlandi. Retsept to’g’ri tayyorlandimi?

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling