Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari
Ma‘ruza maqsadi: Suyuq dori turlariga ta‘rif.Ularningtasnifi. Eritmalarni o‘ziga xos
tayyorlanishi. Eruvchanlik. Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va 
konsentratsiyasini belgilash usullari
Reja:
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash tarkibida 3% 
gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 
Tayanch atama va iboralar: Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq,
byuretka qurilmasi, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish.
Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash
Murakkab miksturalar tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 
2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyruq bilan tasdiqlangan ―Dorixona muassasalarida suyuq 
dori turlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma‖ga asosan olib boriladi. ―O‘zbekiston 
Respublikasida farmatsevtika faoliyati‖
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 583-sonli 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini 
baholash bo‘yicha qo‘llanma ―O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati‖ III-kitob 
(Bosh muharrir f.f.d., prof. A.N.Yunusxo‘jaev, Tuzuvchi f.f.d., prof. X.K.Jalilov)
O‘zSSV ning 582 sonli bo‘yrug‘iga asosan:
Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og‘irlik — hajm usulida tayyorlanib, 
bemorga hajm (ml) buyicha ulchab beriladi. Miksturalarni og‘irlik — hajm usulida tayyorlashda 
byuretka moslamasi, pipetkalar, ulchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan 
konsentrlangan eritmalar ro‘yxati ilovada keltirilgan.
Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya‘ni miksturaning 
umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi.


Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yigindisidan iborat 
bo‘ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g 
preparatga to‘g‘ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kerak.
12
582 sonli bo‘yruqqa binoan : agar retseptda erituvchi miqdori aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa;
Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, 
galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi.
Rp: Natrii hydrocarbonatis 
Natrii salicylatis ana 2,0 
Tincturae Valerianae 5 ml 
Sirupi sacchari 10 ml 
Aquae purificatae 180 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. 
Hisoblash:
Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml 
Natriy salitsilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml 
Valeriana nastoykasi 5 ml
qand sharbati 10 ml
Tozalangan suv miqdori (180 ml q 5 ml q 10 ml) - (40 ml q 20 ml q 5 ml q 10 ml) = 120 
ml yoki 180 ml - (40 ml q 20 ml) = 120 ml
Umumiy hajmi 180 q 5 q 10 = 195 ml
Tayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi 
va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidrokarbonat, 20 ml 10% li 
natriy salitsilat eritmasi solinadi. Pipetka erdamida 10 ml qand sharbati va 5 ml valeriana 
nastoykasi ulchab olinadi. qand sharbatini og‘irlik buyicha ulchash mumkin, bunda uning 
zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi.
Agar erituvchi miqdori chegaralgan, ya‘ni ―gacha-ad‖ so‘zi belgilangan bo‘lsa,
Rp: Natrii benzoatis 2,0 
Natrii hydrocarbonatis 1,0 
Elixiris pectoralis 3 ml 
Sirupi sacchari 10 ml Aquae 
purificatae ad 100 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal. 
Pasporti:
Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2*10=20 ml 
Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20) 
1*20=20 ml
qand sharbati 10 ml 
Kukrak eliksiri 3 ml
Tozalangan suv 100 - (20q20q3q10)=47 
ml Umumiy hajm 100 ml
Tayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka 
moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li 
(1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml 
kukrak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli erlik epishtiriladi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling