Dorixonada konsentrlangan eritmasi bo‘lmagan quruq
dorivor moddalar mikstura
tarkibining 3% ni tashqil kilsa, u holda ularni retseptda ko‘rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda
eritib olinadi. Mikstura hajmini aniqlayotganda quruq modda egallagan hajm hisobga olinmaydi.
Rp: Sol. Hexamethylentetramini 3% - 100 ml
Ammonii chloridi 1,0
Liquoris ammonii anisati 3 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Pasporti:
Geksametilentetramin eritmasi (1:10) 3x10=30 ml
Ammoniy xlorid 1,0
Novshadil-arpabodiyon tomchisi 3 ml
Tozalangan suv 100ml - 30 ml = 70 ml
Umumiy hajm 103 ml.
Tayyorlash texnologiyasi: yordamchi idishda 1,0 g ammoniy xlorid 70 ml tozalangan
suvda eritiladi. Eritma bemorga beriladigan idishga suzib solinadi.
Ustiga byuretka
moslamasidan 30 ml 10% li geksametilentetramin eritmasidan quyiladi. Tayyor miksturadan 5—
8 ml olib stakanga solinadi va 3 ml novshadil arpabodiyon tomchisi qo‘shib aralashtiriladi va
shisha idishga solinadi. Tayyor miksturaga tegishli yorliqyopishtiriladi.
Tarkibida 3% dan ko‘p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
Bunday miksturalarni tayyorlashda albatta o‘lchov idishlaridan foydalanish lozim yoki
quruq modda eriganda egallagan hajmni hisobga olib tayyorlanadi.
Rp.: Magnii sulfatis 20,0
Tincturae
Valerianae
Tincturae Convallariae ana 6 ml
Aquae purificatae 200 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin.
Pasporti:
Magniy sulfat 20 g; (X.O.K. magniy sulfat= 0,5 g ml)
Valeriana nastoykasi 6 ml
Marvaridgul nastoykasi 6 ml
Tozalangan suv 190 ml 200 –( 20 x 0,5) = 190 ml
Umumiy hajmi 190 q 10 q 6 q 6 = 212 ml
Tayyorlash texnologiyasi: 200 ml li ulchov kolbasi (yoki silindr) ga 20,0 magniy sulfat,
100 ml gacha tozalangan suv solib eritiladi. Eritma hajmi 200
ml gacha etkazilib bemorga
beriladigan idishga suziladi. Shu idishga 6 ml dan marvaridgul va valeriana nastoykalaridan
solinadi. Miksturani o‘lchov kolbasini ishlatmay ham tayyorlash mumkin.
Magniy sulfatning
hajm oshish koeffitsienti 0,50 ml/g ga teng, demak 20 g magniy sulfat eriganda 20 x 0,5 = 10 ml
hajmni egallaydi. Bundan olinadigan tozalangan suv miqdori 190 ml ekanligi kelib chiqadi.
Tayyor bo‘lgan miksturaga tegishli yorliqlar yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: