Сборник V международной
O’RTA ASR SHARQ OLIMLARINING ILM FAN RIVOJLANISHIGA
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ibn sino
O’RTA ASR SHARQ OLIMLARINING ILM FAN RIVOJLANISHIGA
QO’SHGAN HISSALARI Tursunova Z.B., Sultonxodjaeva G.Sh., Murodova A.M. Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq x o ’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti e-mail: farmtursunovaz@mail.ru Bugungi kundagi ixtirolar, kashfiyotlarga, o ’rta asr sharq olimlarining mehnatlari, izlanishlari va kashfiyotlari asos ekanligihech kimga sir emas. O’rta asrda falsafa va matematik olimlaridan Aristotel, 19 Ptolemey va Arximed kabi olimlar bizni o ’rab turgan olam haqidagi fikrlarni ilgari surgan bo’lsalar, Gippokrat va Galen tibbiyot sohasida risolalar yozganlar. Ammo ularni o ’z vatanlarida bid’atchi deb ayblov qo’yganlaridan so’ng fors ko’rfazlarida qochishga majbur bo’lganlar. U vaqtda Rim imperiyasida rim raqamlari qo’llanilgan. Ammo bu raqamlar hisob-kitob ishlarini olib borishda juda noqulay bo’lgan. Masalan: LVI va CVII ni hisoblashdan ko’ra, 56 va 107 ni qo’shib 162 ni hosil qilish onsonroqdir. Bu ajoyib hisoblash tizimi “algorizm” deb nomlangan bo’lib, to ’qqizinchi asr buyuk matematigi Al Xorazmiy nomi bilan atalgan. O’rta asrdagi sharq olimlari orasida Ibn Sino, Yevropada Avisenna nomi bilan tanilgan. Olim 980 yilda Buxoroda tavallud topgan. Ibn Sino tibbiyot, matematika, astronomiya, iqlimshunoslik va falsafa kabi ko’pgina yo’nalishlar bo’yicha tibbiyot sohasini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Uning kitoblari “Al Qonun”, “Tib qonunlari” eng keng tarqalgan ilmiy adabiyotlar hisoblanadi. Bu kitoblarda Ibn Sino kasalliklarning aniq tashxisi, ko’pgina jiddiy kasalliklar, 1000ga yaqin turli dori vositalarini va ta’sirlarini yoritib bergan. Yana bir tibbiyot rivojiga o’z hissasini qo’shgan sharq olimlaridan biri Ar Roziy, Yevropada Razes nomi bilan tanilgan. 900 yillarda zamondoshlari orasida dunyoning eng yaxshi shifokori nomiga sazovor bo’lgan. Ar Roziy kasalliklarni davolashni yangi va tez ta’sir etuvchi vositalarini ishlab chiqdi va tibbiyot ensiklopediyasi kitobini yozdi. Ko’p qirrali sharq olimlaridan biri Al Xaysam, matematika, fizika, mexanika va astronomiya sohalarida ham ko’pgina ishlar olib brogan. Ibn Al Xaysam optika sohasida ham ko’p izlanishlar olib borib, yorug’lik buyumdan inson ko’ziga qarab yo’nalganligini aytgan va fotokamera yaratilishiga asos bo’lgan. Shuningdek ko’z tuzilishi va uning har bir qismining vazifasini birinchilardan bo’lib tushuntirib bergan olimdir. Bundan tashqari ko’rish qobiliyatiga psixologik faktorlarning ta’sirlarini birinchi bo’lib o ’rgangan ham Ibn Al Xaysamdir. Ibn Al Xaysam 200 dan ziyodroq ilmiy asarlarni yozib qoldirgan va bu kitoblar dunyoning ko’pgina tillariga tarjima qilingan. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling