Schyotlar Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar


Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar


Download 200.5 Kb.
bet3/8
Sana11.11.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1765729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar

3. Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar
Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga joriy va uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
a) joriy qismi:
6110 "Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar"; 6120 "Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar".
b) uzoq muddatli qismi:
7110 "Ajratilgan bo’linmalarga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar";
7120 «Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar».
Mazkur schyotlar krediti bo’yicha alohida bo’linmalar, sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlari oldidagi turli xil muomalalar bo’yicha majburiyatlar tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’lari, xarajatlar va hokazolarni hisobga olish schyotlari bilan korrespondentsiyada hisobga olinadi.
Masalan, alohida bo’linmadan (sho’’ba yoki tobe xo’jalik jamiyatidan) xom ashyo olindi:
Dt 1010 250000 so’m
Kt 6110 (6120) 250000 so’m
Ya’ni mazkur schyotlar bo’yicha yuqorida sanab o’tilgan to’lovga oid schyotlardagi singari hisob yuritiladi, faqatgina farqi shundaki, bu erda barcha xo’jalik sub’ektlari bilan emas, balki bosh sub’ektga tobelik tarzida alohida yuridik munosabatga ega bo’lganlari bilan muomalalar aks ettiriladi.
Bo’linmalarga uzoq muddatli qarzlarni hisobga olish schyotlarida, xususan olingan mol-mulk bo’yicha qarz ham aks ettirilishi mumkin.
Alohida balansda ajratib ko’rsatiladigan filiallar bilan hisob-kitoblar go’yoki filial - mustaqil tashkilotdek olib boriladi. Bu narsa qonun hujjatlariga ko’ra alohida balansga ajratilgan barcha bo’linmalar soliq solish maqsadida alohida mustaqil birlik sifatida qaralishi bilan bog’liq.
Biroq, agar alohida balansda ajratib ko’rsatilmaydigan bo’linmalar mavjud bo’lsa, yuqorida aytib o’tilgan schyotlar (6110,
7110) qo’llanilmaydi. Bunday bo’linmalarga mol-mulkni ajratish (berish) chog’ida sub’ekt balansida o’zgarishlar ham yuz bermaydi, chunki ular mazkur holatda bosh sub’ekt bilan bir butun ko’rib chiqilyapti (ular alohida balansda ajratib ko’rsatilmagan va mustaqil birlik hisoblanmaydi}. Hisob to’liq bo’lishi uchun sub’ektga bunday bo’linmalarga ajratilgan mol-mulkni aks ettirish uchun qo’shimcha schyotlar joriy etish tavsiya qilinadi. Masalan, bo’linmaga avtomobil berilganda quyidagi yozuvni qayd etish mumkin:
DtO161 «Filiallardagi trasport vositalari» 5600000 so’m Kt 0160 «Trasport vositalari» (Bosh subektda) 5600000 so’m

Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling