Schyotlar Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar


Olingan joriy bo’naklarni hisobga olish


Download 200.5 Kb.
bet5/8
Sana11.11.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1765729
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar

4. Olingan joriy bo’naklarni hisobga olish
Bo’nak olish butun dunyoda xaridorlar va buyurtmachilar bilan munosabat o’rnatishning juda keng tarqalgan shakli hisoblanadi. Bo’nak xaridorlar va buyurtmachilardan kelgusida to’lovlar kelib tushishi hamda mol etkazib beruvchilar tomonidan shartnoma bajarilishining kafolati sifatida ifodalanadi. O’zbekistonda bunday hisob-kitob shakli qonunda belgilangan (xo’jalik sub’ektlarining oldindan 15% to’lov to’lanmasa, yuklashni amalga oshirishi taqikdangan). Olingan bo’naklar pul mablag’larini olgan sub’ekt uchun ishlar bajarilmaguncha, xizmatlar ko’rsatilmaguncha yoki tovar yuklanmaguncha majburiyatni yuzaga keltaradi.
TMBni etkazib berish yoki buyurtmachilar uchun qisman tayyorlik bo’yicha bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar yuzasidan olingan bo’naklar bo’yicha joriy qarzlar, shuningdek aktsiyalar obunachilari - jismoniy shaxslardan olingan summalar hamda boshqa bo’naklar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar";
6320 "Aktsiyaga obunachilaridan olingan bo’naklar";
6390 " Boshqa olingan bo’naklar".
Olingan bo’naklar summalari 6310, 6320, 6390-schyotlar krediti va pul mablag’larini hisobga olish schyotlari debeti bo’yicha aks ettiriladi.
Misol.
500 ming so’mlik summadagi tovarlarni etkazib berish yuzasidan 15% miqtsorida bo’nak olindi:
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti"75 m.s.
Kt 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar" 75 m.s.
Xaridorga tovarlarni yuklab ortish chog’ida olingan bo’nak summasi uning qarzini kamaytiradi:
Dt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar"500 m.s.
Kt 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar" 500 m.s.
Bir yo’la quyidagi provodka tuziladi:
Dt 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar" 75 m.s. Kt 4010 "Xaridorlar va buyurgmachilardan olinadigan schyotlar" 75 m.s.


5. Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish
6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlar" schyoti sub’ektning soliqqa oid majburiyatlarini aks ettirish uchun mo’ljallangan. Bu joriy (qisqa muddatli) qarzlar uzoq muddatli qarzlarga doir anna shunday schyot mavjud emas, chunki amalda hisoblar yozilgan soliqqa oid barcha majburiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda joriy davrda so’ndiriladi.
6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlar» schyotida har bir soliq bo’yicha tahliliy hisob olib borish lozim. Shu munosabat bilan mazkur sub’ekt qonun hujjatlariga muvofiq to’laydigan har bir soliq turiga alohida schyot ochish tavsiya etiladi, masalan:

  1. "QQS bo’yicha qarzlar";

  2. "Daromad (foyda) solig’i bo’yicha qarzlar";

  3. "Mol-mulk solig’i bo’yicha qarzlar";

  4. "Daromad solig’i bo’yicha qarzlar" va hokazo.

Xuddi shunday tartibda byudjetga bo’nak to’lovlarini hisobga olish bo’yicha schyotlar yuritish tavsiya etiladi:
4411 "QQS bo’yicha bo’nak to’lovlari»;
4412 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha bo’nak to’lovlari» va
boshqalari.
Agar biror-bir soliq bo’yicha byudjetga ortiqcha to’lovlar mavjud bo’lsa, bu ham bo’nak to’lovi sifatida balans aktivida aks ettiriladi.
Ma’lumki, sotish chog’ida QQSni hisoblab yozish yangi schyotlar rejasida sotish schyotlarini chetlagan holda aks ettiriladi.
Misol.
QQS hisobga olingan holda 640 ming so’mlik tovar sotib olindi, keyin esa u QQSni hisobga olgan holda 860 ming so’mga sotildi.
Tovar xaridini aks ettirish:
Dt 2910 "Omborlardagi tovarlar" 520 m.s.
Dt 4411 "QQS bo’yicha bo’nak to’lovlari" 120 m.s.
Kt 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" 640 m.s.
Tovar sotilishini aks ettirish:
Dt 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" 860
Kt 9020 "Tovarlarni sotishdan daromadlar"720
Kt 6411 "QQS bo’yicha qarzlar"140
Bo’nak to’lovlarining aktiv schyoti bo’yicha aylanmalarni hamda passiv schyotida - hisoblab yozilgan soliqlarni to’lashga oid majburiyatlarni taqqoslash orqali har bir soliq turi bo’yicha sub’ektning byudjet bilan o’zaro aloqalari aks ettiriladi.
Mazkur holatda hisoblab yozilgan majburiyatlar - 140 ming so’m bo’nak to’lovlari - 120 ming so’mdan ko’p, ular o’rtasidagi fark – 20 ming so’mni byudjetga to’lash lozim:
Dt 6411 "QQS bo’yicha qarzlar"140
Kt 4411 "QQS bo’yicha bo’nak to’lovlari"120
Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti"20
Soliqlar bo’yicha byudjetga ortiqcha summalar to’langan takdirda,
ular 4400-schyotda balans aktivida (xuddi har qanday oldindan
to’langan xarajatlar singari) aks ettiriladi.


Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling