Schyotlar Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar
Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish
Download 200.5 Kb.
|
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar
Muddati kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga olish.
Muddati kechiktirilgan majburiyatlar haqidagi axborot, agar ularning muddati joriy davrda kechiktirilgan va kelgusida to’lanadigan (bajariladigan) bo’lsa, quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: a) qisqa (joriy) muddatlilari: 6210 «Diskont (chegirma)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» 6220 "Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 6240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar" 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar» 6290 "Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar " b) uzoq muddatlilari: 7210 «Diskont (chegirma)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» 7220 "Mukofot (ustamalar)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" 7230 - "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" 7240 "Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 7250 "Vaqtinchalik farkdar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar" 7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" 6210 va 7210-schyotlarda diskont (chegirmalar) ko’rini-shidagi muddati kechiktirilgan daromadlar hisobga olinadi hamda investorlargina (obligatsiyalar xaridorigina) undan foydalanadi. Misol. 1500 ming so’mlik nominal qiymatga ega uch yillik obligatsiyalar 1440 ming so’mga chegirma bilan sotib olindi. Qimmatli qog’ozning nominal qiymati va uning xarid qiymati o’rtasidagi farq 60 (1500-1440) diskont (chegirma) deb ataladi hamda xaridor (investor) taraf uchun daromad, sotuvchi (qarz beruvchi) taraf uchun esa - xarajat hisoblanadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, agar xuddi shunday kreditga qobillik yoki xatarni baholash bilan majburiyatlar bo’yicha bozor foiz stavkasi Ushbu qimmatli qog’ozlar bo’yicha belgilangan foiz stavkasidan, ya’ni mazkur qimmatli qog’ozda ko’rsatilgan foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, qimmatli qog’ozlar chegirmalar bilan sotiladi. Chegirma joriy davrdagi daromad sifatida aks ettirilmaydi, balki obligatsiyaning butun muomala davrida (mazkur holatda 3-yil) teng ravishda taqsimlanadi. Chegirma summasi muddati kechiktirilgan daromad schyotlarida hisobga olinadi. Joriy chegirma sifatida - uning uchdan bir qismi (obligatsiya muomalasi 3 yil bo’lgani uchun) - 20 ming so’m, uzoq muddatlisi (keyingi ikki yilga taqsimlangan chegirma) - 40 ming so’m. Obligatsiyalarni chegirma bilzn xarid qilish muomalalari quyidagicha aks ettiriladi: Dt 0610 «Qimmatli qog’ozlar» 1500 m.s. Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 1440 m.s. Kt 6210 "Diskont (chegirma) ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» 20 m.s. Kt 7210 "Diskont (chegirma) ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" 40 m.s. Obligatsiyalar bo’yichz chegirmalarni hisobdan chiqarish davriyligi, odatda ular bo’yicha hisoblab yoziladigan foiz daromadlari davriyligiga mos keladi. Agar masalani soddalashgirish uchun obligatsiyalar bo’yicha foiz daromadlari bir marta yil oxirida hisoblab yoziladi, deb faraz qiladigan bo’lsak, chegirma ham ushbu muddatlarda hisobdan chiqariladi: Dt 6210 "Diskont (chegirma) ko’rinishidagi kechiktirilgzn daromadlar» 20 m.s. Kt 9530 "Foizlar ko’rinishidagi daromadlar" 20 m.s. Obligatsiyalar bo’yicha diskont (chegirma)ning joriy qismini hisobdan chiqarish chog’ida yana bir buxgalteriya yozuvi qayd etiladi: kelgusi yil hisobdan chikariladigan muddati kechiktirilgan uzoq muddatli chegirmalar qismi joriy qismga o’tkaziladi: Dt 7210 "Diskont (chegirma) ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" 20 m.s. Kt 6210 "Diskont (chegirma) ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" 20 m.s. Shunday qilib, 3 yil davomida butun chegirma hisobdan chiqariladi. 6210 va 7210 schyotlarda mukofot (ustama) ko’rinishidagi muddati kechiktirilgan daromadlar hisobga olinadi hamda faqat qarz beruvchi (obligatsiyalarni sotuvchi) tomonidan foydalaniladi. Misol. 1500 ming so’mlik nominal qiymatga ega 3 yillik obligatsiyalar 1560 ming so’mga mukofot (ustama) bilan sotilgan, deb faraz qilaylik. Sotilgan qimmatli qog’oz qiymati va uning nominal qiymati o’rtasidagi farq 60 (1560-1500) mukofot (ustama) deb ataladi hamda sotib oluvchi taraf (investor) uchun qimmatli qog’ozni sotib olishda uni so’ndirishdagiga nisbatan ko’proq pul to’langanligi sababli xarajat hisoblanadi; sotuvchi (qarz beruvchi) taraf uchun esa daromad hisoblanadi. Buni quyidagicha izohlashimiz mumkin, agar ushbu qimmatli kogozlar bo’yicha belgilangan foiz stavkasi xuddi shunday kreditga qobillikni yoki xatarni baholashga oid majburiyatlar bo’yicha bozor foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, mazkur qimmatli qog’ozlar mukofot (ustama) bilan birga sotiladi. Chegirmalar singari mukofotlar ham joriy davr daromadlari sifatida aks ettirilmaydi, balki obligatsiyaning butun muomala davriga teng ravishda taqsimlanadi. Mukofot bilan obligatsiyalarning sotilishi muomalalari quyidagi aks ettiriladi: Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 1560 m.s. Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar" 1500 m.s. Kt 6220 "Mukofot (ustama) ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» 20 m.s. Kt 7220 "Mukofot (ustama) ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» 40 m.s. Bundan keyingi muomalalar xuddi hisob chegirmalarini hisobga olishga o’xshab yuritiladi. 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" hamda 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotlarida hisobot davrida olingan (hisoblab yozilgan), lekin kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo’lgan daromadlar aks ettiriladi. "Kechiktirilgan daromadlar" atamasi (xalqaro amaliyotda "oldindan to’langan daromadlar", "ishlamay topilgan daromadlar" va boshqa atamalar ko’p qo’llaniladi) ko’proq sub’ekt etkazib bermagan tovari yoki ko’rsatmagan xizmati uchun pul mablag’lari oladigan holatlarga xosdir. Bunday holatlarga ko’proq xos xususiyatlar oliy o’quv yurtida o’qish uchun haq, ijara haqi, temir yo’l, aviatsiya va boshqa transport vositalariga chiptalarni sotish, jurnalga obuna uchun haq to’lash va boshqalar hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq, bo’nak tarzida olingan pul mablag’lari toki daromad keltiradigan xizmatlar ko’rsatilib yoki tegishli tovar etkazib berilgunga qadar daromad sifatida tan olinmaydi. 2-son BHMSga ko’ra, bunday to’lovlarning kelib tushishi majburiyatlarni yuzaga keltiradi va tovarlar etkazib berilgandan (xizmatlar ko’rsatilgandan) keyingina muddati kechiktirilgan daromadlar schyoti yopiladi, unda aks ettirilgan summalar sotishdan daromadlarni hisobga olish schyotlari kreditiga hisobdan chiqariladi. Masalan, kelgusida bajariladigan ishlar uchun pul kelib tushganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: Dt 5110 «Hisob kitob schyoti» 1200 m.s. Kt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 1200 m.s. Ishlarning bajarilishiga qarab, muddati kechiktirilgan daromad sotishdan olingan daromadlarga kiritiladi: Dt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 1200 m.s. Kt 9030 "Ishlarni bajarishdan va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar" 1200 m.s. 6230-schyotda sotilmagan (realizatsiya qilinmagan) daromadlar deb ataluvchi - masalan, kursdagi musbat farqlar ko’rinishidagi daromadlar ham aks ettiriladi. «Buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda chet el valyutasidagi muomalalarni aks ettirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga (yangi tahrirdagi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 sentyabrda 1411-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq ko’mitasi, Markaziy bank, Davlat statistika ko’mitasining 2004 yil 2 sentyabrdagi 98, 41, 2004-57, 257-V, 8-son qarori bilan tasdikdangan) ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha yuzaga kelgan kursdagi musbat farqni "Kelgusi davrlar daromadlari" schyotiga kiritish bilan har oyda balansning valyutaga doir moddalarini qayta baholashni o’tkazadi. Har oyda balansning valyutaga oid moddalarini qayta baholash natijasida to’plangan kursdagi musbat farq kuyidagi tartibda sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga kiritiladi: xorijiy valyutadagi debitorlik qarzi bo’yicha - uning so’ndirilishiga (hisobdan chiqarilishiga) qarab; qolgan holatlarda - balansning tegishli valyutaga oid moddalariga binoan xo’jalik muomalalarini bajarish bo’yicha. Misol. Qimmatli qog’ozlarni valyutada qayta baholash tufayli hisobot davrida kursdagi farq 500 ming so’mni tashkil qildi: Dt 0610 «Qimmatli qog’ozlar» 500 m.s. Kt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 500 m.s. Agar bunda qimmatli qog’ozlarning muomala muddati yaqin yilga mo’ljallangan bo’lsa, kursdagi farqning butun summasi joriy muddati kechiktirilgan daromad schyotida aks ettirilishi lozim. Qimmatli qog’ozni so’ndirishda: Dt 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" 500 m.s. Kt 9540 "Valyuta kurslari farkdaridan daromadlar" 500 m.s. 6240 va 7240-schyotlarda qonun hujjatlariga muvofiq, vakolatli hokimiyat organlarining qabul qilingan qarorlariga ko’ra, to’lovi bir necha yilga kechiktirilgan soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar aks ettiriladi. Chunonchi, masalan, Prezidentimizning 1996 yil 31 maydagi "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi sub’ekt-larni tashkil qilish va faoliyat yuritishini rag’batlanti-rishga doir ko’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" PF-1467-son Farmoni bilan eksportga yo’naltirilgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi sub’ektlarlarga soliq kredit-larini takdim etish shartlari belgilangan. (O’zbekiston Soliq kodeksida soliq krediti tushunchasi mavjud emas). Yuqorida aytib o’tilgan Farmonga muvofiq, soliq krediti foyda solig’i, ko’shilgan qiymat solig’i va er solig’i bo’yicha byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlar muddatini ikki yilgacha kechiktirish hisobidan beriladi. Soliq to’lovchidan soliq kreditidan foydalangani uchun hisoblab yozilgan (muddati kechiktirilgan) soliqlarning umumiy summasidan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 30 foiziga teng stavka bo’yicha foizlar ko’rinishidagi haq undiriladi va har choraqtsa hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar byudjetga hisoblab o’tkaziladi. Mazkur holatda byudjet oldidagi majburiyatlarni hisoblab yozish, masalan, daromad (foyda) solig’i bo’yicha kuyidagicha aks ettiriladi: Dt 9810 "Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar" Kt 7240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar". Bu qarz so’ndirilishiga 1 yil qolganda, u joriy qarz sifatida aks ettiriladi: Dt 7240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" Kt 6240 "Solikdar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar". 6250 va 7250-schyotlarda hisobot davridagi soliq solinadigan va hisobga olinadigan (buxgalteriya) daromadlar o’rtasidagi farq hisoblanadigan, yuzaga keladigan vaqtdagi farkdar mavjudligi bilan muddati kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i summasi aks ettiriladi. Ular daromad va xarajatlarning ayrim moddalari soliq solinadigan daromadga kiritiladigan hisobot davri, ular hisob daromadiga kiritiladigan (chiqariladigan) hisobot davriga mos kelmaganda yuzaga keladi. Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajat hisob daromadidan kelib chiqqan holda (ya’ni sub’ektning hisob siyosatiga muvofiq) hisob-kitob qilinadi, daromad (foyda) solig’i esa soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib hisoblanadi. Download 200.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling