Schyotlar Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar


Download 200.5 Kb.
bet1/8
Sana11.11.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1765729
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar


Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar


Reja



  1. Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash

2. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar
3. Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar
4. Olingan joriy bo’naklarni hisobga olish
5. Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish
6. Sug’urta va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish
7. Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish
8. Qisqa va uzoq muddatli kredit va qarzlarni hisobga olish.
9. Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga olish
Moliyaviy hisob tamoyillarida majburiyatlar «ilgari bo’lib o’tgan hodisalar yoki o’zgarishlar natijasida kelgusida aktivlarni boshqa tashkilotlarga o’tkazish (xizmatlar ko’rsatish) bo’yicha iqtisodiy sub’ektning hozirda mavjud majburiyatlariga asoslanib, kelgusida iqtisodiy foydalardan ehtimoliy voz kechish» sifatida ta’riflanadi.
Majburiyatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
- ushbu xo’jalik sub’ektiga aktivni o’tkazish yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilangina bajariladigan majburiyatning mavjudligi;

  • mazkur majburiyatni yuzaga keltirgan xo’jalik hodisasi avval sodir bo’lganligi;

  • majburiyatning yuzaga kelishi hech bo’lmaganda ehtimoldan xoli bo’lmasligi lozim.

Majburiyatlar - iitisodiy foydaning kamayishiga, ya’ni amaldagi aktivlarning kamayishiga olib kelishiga ishonch mavjud bo’lgan, hisobot davrida yoki o’tgan davrlarda yuzaga kelgan kreditorlik tsarzlari va boshtsa tsarzlardir.


Majburiyatlar bu tashqi foydalanuvchilar yoki kreditorlar tomonidan biznesda qarzlar yoki haqdorlik munosabatini yuzaga keltirishdir. Majburiyatlarga misol qilib kreditorlar( taminotchilardan mahsulotni kreditga sotib olganligi uchun qarzdorlik), bank kreditlari, foydalanilgan jamlangan xarajatlar( suv va elektr toki) va soliq to`lovlari kabi to`lanmagan biznes xarajatlarini keltirish mumkin.1
Majburiyatlar sub’ektlar tomonidan amalga oshirilgan turli bitimlar natijasida vujudga keladi hamda tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarga bo’lg’usi to’lovlar uchun huquqiy asos hisoblanadi.
Mazkur xususiyatlar, asosan, majburiyat yuzaga kelishi yoki kelmasligi mumkin bo’lgan hodisalarga tadbiq etiladi.
Faraz qilaylik, aviakompaniya uning reyslarida muayyan masofalarga uchgan yo’lovchilarga chegirmalar takdim etadi. Io’lovchi biror yoqqa uchishi kerak bo’lganda, chegirmalardan foydalanadi, sayohatga chiqishni rejalashtirmagan bo’lsa, foydalanmaydi. Kompaniyaning yo’lovchiga chegirmani takdim etish majburiyati ehtimoldan xoli emas, biroq u 100%ni tashkil qilmaydi, dastavval, bu statistik usulda hisoblab chiqariladi.
Shuni ta’kidlash joizki, O’zbekistonda majburiyatlar bo’yicha buxgalteriya hisobi milliy standarti hozircha ishlab chiqilmagan.
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq, yuqorida sanab o’tilgan belgilarga mos keladigan majburiyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qarz yuzaga kelganligini aks ettiruvchi birlamchi hujjatlarda, odatda, u yuzaga kelgan sana ko’rsatiladi. Biroq, xo’jalik amaliyotida qarz yuzaga kelgan sanani aniq belgilashga imkon bo’lmaydigan holatlar ham uchrab turadi, yoki aytaylik, sudda ishning yakunlanishiga qarab majburiyat yuzaga keladigan holatlarda. Ehtimoliy majburiyat summasi va uni so’ndirish sanasini aniq bilmay turib, kompaniyalar o’z hisobotlarida taxminan baholangan majburiyatlar yoki ehtimoliy (shartli) zararlarni aks ettiradi.
Majburiyatlar qiymati uni yuzaga keltirgan xo’jalik muomalasi to’g’risidagi ma’lumotlarga asosan belgilanadi. Xo’jalik sub’ektlari tomonidan majburiyatlar qabul qilish o’rniga aktivlar sotib olinganda, majburiyatlar qiymati xarajatlar tamoyiliga muvofiq anikdanadi va u olingan aktiv qiymatiga teng bo’ladi. 1-son BHMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga binoan xarid qilingan aktivlar, xizmatlar va ishlar tannarxi yoki xarid qilish qiymati majburiyatlarni baholash uchun asos bo’ladi.
Xorijiy valyutadagi majburiyatlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha har oyda xorijiy valyutalarni qayta hisob-kitob qilish yo’li bilan anikdanadigan milliy valyuta - so’mlarda hisobga olinadi. Bu majburiyatlar bir vaqtda hisob-kitob va to’lovlar valyutasida aks ettiriladi. Valyuta moddalari qayta hisob-kitob qilinganda yuzaga kelgan xorijiy valyutaga oid muomalalar bo’yicha kursdagi farkdar 9540-«Valyuta kurslari farkdaridan daromadlar» schyotiga hamda 9620-«Valyuta kurslari farqlaridan zararlar» schyotiga kiritiladi.
Majburiyatlar tsistsa va uzots muddatliga bo’linadi.
Joriy (yoki qisqa muddatli) majburiyatlar tugatilishi uchun joriy aktivlar sifatida tasniflanadigan resurslardan foydalaniladigan yoki boshqa joriy majburiyatlar qabul qilinadigan majburiyatlar tarzida belgilanadi. Ularning ko’p uchraydigan o’ziga xos turlari kreditorlik qarzi olingan bo’naklar va muddati kechiktirilgan daromadlar, davr xarajatlariga taallukdi hisoblab yozilgan majburiyatlar, dividendlar va to’lovga oid foizlar, hisoblab yozilgan solikdar, shartli majburiyatlar hamda boshqalar hisoblanadi.
Joriy majburiyatlar shunday majburiyatki, ular bir yil yoki undan kamroq vaqt ichida biznesda to`lanishi kerakligini asoslaydi. Joriy majburiyatlarga misol tariqasida to`lanadigan schyotlar(kreditorlar), jamlangan xarajatlar( hali to`lanmagan), olinmagan daromad, bank foizlari va qisqa muddatli qarzlarni keltirish mumkin.2
Joriy majburiyatlarni so’ndirish ushbu majburiyatlar mavjud bo’lmaganda sub’ektlarning kundalik faoliyatida foydalanishi mumkin bo’lgan resurslarni ko’llashni taqozo etadi. Aynan shu jihati bilan ular uzoq muddatli majburiyatlardan farq qiladi. Joriy majburiyatlarni so’ndirish uchun joriy aktivlardan foydalanilgani sababli ularning mavjud bo’lish davri ko’pincha bir xilda - bir yildan ortiq bo’lmaydi.
Joriy majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
6000 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar";
6100 "Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar";
6200 "Muddati kechiktirilgan majburiyatlar hisobga oluvchi schyotlar";
6300 "Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar";
6400 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
6500 "Sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
6600 "Ta’sischilarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
6700 "Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar";
6800 "Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
6900 "Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar".
Uzoq muddatli majburiyatlarga to’lov muddati bir yildan oshadigan majburiyatlar kiradi. Ularning qiymati foiz hisoblab yoziladigan asosiy majburiyat summasi bilan aniqlanadi. Qarz summasi hisobda kelgusida pul to’lanadigan to’lovlar qiymatini diskontlash yo’li bilan olingan mazkur to’lovlarning joriy qiymati ko’rinishida aks ettiriladi. Diskontlash stavkasi inflyatsiya darajasiga, moliya bozori konyukturasi va mazkur maajburiyatni bajarmaslik ehtimoli bilan bog’liq xatar darajasiga bog’liq hamda pullarning vaqtinchalik qiymati nazariyasiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.


Uzoq muddatli majburiyatlar bir yildan uzoq bo’lgan muddat ichida bajarilishi kutilayotgan majburiyatlardir. Biroq, ayrim vaziyatlarda ular 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan cheklangan muddatli majburiyatlar sifatida tasniflanadi. Uzoq muddatli majburiyatlarga misol sifatida uzoq muddatli qarzlar, obligatsiyalar, ko’cmas mulk krediti va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni keltirish mumkin.3

Uzoq muddatli majburiyatlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:


7000 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan uzoq muddatli schyotlar";
7100 "Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan uzoq muddatli qarzlar";
7200 "Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar";
7300 "Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar";
7800 "Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar";
7900 "Turli kreditorlarga bo’lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar".



Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling