Schyotlar Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar
Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga olish
Download 200.5 Kb.
|
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- -uzoq muddatli qarzlar
9. Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga olish
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turli kreditorlardan qarzlar va boshqa hisoblab yozilgan majburiyatlarni quyidagi schyotlarda aks ettiradi: -qisqa muddatli qarzlar: 6910 "To’lanadigan qisqa muddatli ijara"; 6920 "Hisoblangan foizlar"; 6930 "Royalti bo’yicha qarzlar"; 6940 "Kafolatlar bo’yicha qarzlar"; 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi"; 6960 "Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar"; 6970 "Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar"; 6990 «Boshqa majburiyatlar». -uzoq muddatli qarzlar: 7910 "To’lanadigan uzoq muddatli ijara"; 7920 "Turli kreditorlarga bo’lgan boshqa uzoq muddatli qarzlar". 6910-"To’lanadigan qisqa muddatli ijara" schyotida qisqa muddatli ijara bo’yicha ijaraga beruvchi oldidagi majburiyatlar aks ettiriladi. 6910-"To’lanadigan qisqa muddatli ijara" schyoti krediti bo’yicha hisoblab yozilgan ijara to’lovi summasi aks ettiriladi: Dt 2010, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari) Kt 6910 "To’lanadigan qisqa muddatli ijara". Ushbu schyot debeti bo’yicha ijaraga beruvchiga to’langan summa aks ettiriladi: Dt 6910 "To’lanadigan qisqa muddatli ijara" Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti". 7910-"To’lanadigan uzoq muddatli ijara" schyotida olingan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi oldidagi majburiyatlar hisobga olinadi. Masalan, uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarni olish quyidagicha aks ettiriladi: Dt 0310 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar" Kt 7910 "To’lanadigan uzoq muddatli ijara".Uzoq muddatli ijara bo’yicha to’lovlarning joriy qismi 6950-"Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyotida qisqa muddatli majburiyatlar sifatida aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida moliyaviy lizing, garchi tabiatan u uzoq muddatli ijaradan farq qilsada, xuddi shunday aks ettiriladi. Barcha uzoq muddatli majburiyatlar singari lizing majburiyatlari ham joriy majburiyatlarga - joriy davrda to’lanishi lozim bo’lgan qarz summasi hamda uzoq muddatli majburiyatlarga ajratiladi. 6950-"Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyotida asosiy qarz to’lovini o’z ichiga oladigan moliyaviy lizing bo’yicha lizing oluvchining joriy majburiyatlari, 7910-"To’lanadigan uzoq muddatli ijara" schyotida uzoq muddatli majburiyatlari aks ettiriladi. 6-son BHMSga ko’ra lizing bo’yicha foizlar balansda emas, balki moliyaviy faoliyat to’g’risidagi hisobotda; lizing oluvchi uchun bu moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar sifatida aks ettiriladi; foizlarni hisoblab yozish, lizing to’lovlarini taqsimlash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. 6950-schyoti krediti bo’yicha hisoblab yozilgan joriy to’lov summasi, debeti bo’yicha lizing beruvchiga to’langan summa aks ettiriladi. Foizlar bo’yicha xarajatlarni hisoblab yozish: Dt 9610 "Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar" Kt 6920 "Hisoblangan foizlar". Har yili amalga oshiriladigan to’lov ikki qismdan iborat -qarzning asosiy summasini so’ndirish va foizlarni to’lash: Dt 6950-"Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" Dt 6920 "Hisoblangan foizlar" Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti". Har bir lizing to’lovidan keyin lizing bo’yicha uzok muddatli qarzning joriy qismi yangidan ajratiladi: Dt 7910 "To’lanadigan uzoq muddatli ijara" Kt 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi". 6920-"Hisoblangan foizlar" schyotida takdim etilgan zayom, kreditlar bo’yicha kreditorlarga tegishli bo’lgan, hisoblab yozilgan foizlar aks ettiriladi. 6920-"Hisoblangan foizlar" schyoti krediti bo’yicha foizlarni hisoblab yozish, debeti bo’yicha foizlarga oid qarzlarni to’lash aks ettiriladi. Masalan, uzoq muddatli majburiyatlar bo’yicha foizlar hisoblab yozildi: Dt 9610 "Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar" Kt 6920 "Hisoblangan foizlar". Foizlar to’lovini aks ettirish: Dt 6920 "Hisoblangan foizlar" Kt 5110 «Hisob-kitob schyoti». Xalqaro standartlarda keltirilgan axborotlarni hisobga olishda aks ettiriladigan muhimlilik tamoyiliga muvofiq, foizlar to’lashga oid xarajatlarni alohida ifodalash to’g’risidagi talab "amaliy muomalalarni normal yuritish jarayonida xaridorlar va mol etkazib beruvchilar bilan muomalalar davomida yuzaga keladigan va taxminan 1 yildan oshmaydigan an’anaviy tarzda qabul qilingan muddatlarda so’ndiriladigan debitorlik va kreditorlik qarzlari"ga nisbatan ko’llanilmaydi. Bundan kelib chiqib, kompaniya odatda uning so’ndirish muddatidagi qiymati bo’yicha qisqa muddatli kreditorlik qarzlarini aks ettiradi, chunki uning qiymati va majburiyat o’rniga olingan aktiv qiymati mos keladi. 6930-"Royalti bo’yicha qarzlar" schyotida sub’ektlarning royalti to’lovi bo’yicha boshqa sub’ektlarlardan foydalanishga aktivlar olishi natijasnda yuzaga keladigan majburiyatlari aks ettiriladi. 6930-"Royalti bo’yicha qarzlar" schyoti kreditida royalti bo’yicha hisoblab yozilgan qarz xarajatlar hisobga olinadigan tegishli schyotlar bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi. Misol uchun, royalti hisoblab yozildi: Dt 9690 "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar" Kt 6930 "Royalti bo’yicha qarzlar". To’lov davrida: Dt 6930 "Royalti bo’yicha qarzlar" Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti". 6940-"Kafolatlar bo’yicha qarzlar" schyotida sub’ektlarning sotilgan tovarlarning kafolat xizmati bo’yicha xaridorlar oldidagi majburiyatlari aks ettiriladi. Agar sub’ektlar savdo paytida o’z mahsulotiga kafolat takdim etsa, u holda majburiyat uning butun muddati mobaynida mavjud bo’ladi. Daromad va xarajatlarning muvofikdik tamoyiliga ko’ra, kafolat summasi savdo amalga oshirilgan davrda xarajatlar hisobga olinadigan schyotlar debeti bo’yicha aks ettiriladi. Bular taxminan baholanadigan majburiyatlar deb ataladi. Bizda, ular ko’zda tutilmagan majburiyatlar sifatida ma’lum va 16-son BHMS "Buxgalteriya balansini tuzish sanasidan keyin xo’jalik faoliyatidagi ko’zda tutilmagan majburiyatlar va yuz beradigan holatlar"ga muvofiq hisobga olinadi. Ko’zda tutilmagan bunday majburiyatlar yoki holatlar oxir-oqibatda kelgusida muayyan holatlar (bir nechta holatlar) qachon yuzaga kelishi yoki kelmasligi hal etiladigan sub’ektlarning ehtimoliy zarari (ehtimoliy foydasi)ga nisbatan noanikdikning mavjud ekanligini nazarda tutadi. Mikdori baholanishi mumkin bo’lgan, ko’zda tutilmagan zararlarni aks ettirish shartli majburiyatlarni hisoblab yozish yo’li bilan amalga oshiriladi. Kafolatlarga kelsak, o’tgan tajribadan kelib chiqib sub’ektlarga kelgusi davr uchun kafolat takdim etishda zarur summalarni, ya’ni tovar yoki xizmat birligiga xizmat ko’rsatishning o’rtacha kiymatini hisob-kitob qilish mumkin va bu summani 6940-"Kafolatlar bo’yicha qarzlar" schyoti krediti bo’yicha hamda xarajatlar hisobga olinadigan tegishli schyotlar debeti bo’yicha aks ettirish lozim: Dt 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" Kt 6940 "Kafolatlar bo’yicha qarzlar". Shunday qilib, ko’zda tutilmagan bu holat sub’ektlar balansida -majburiyatlar schyotida, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda -xarajatlar sifatida aks ettiriladi. Ayni holatlarga, shuningdek, debitorlik qarzi zaxirasi to’lanmaganligidan ko’riladigan ehtimoliy zarar (dargumon qarzlar rezervi) sud muhokamalari va huquqiy nizolarning borishiga bog’liq holdagi zararlar, sub’ektlar faoliyatining qandaydir yo’nalishi tugatilayotganligidan kutilayotgan zararlar tegishli bo’ladi. Bunday muomalalar uchun maxsus schyotlar ko’zda tutilmagan, dargumon qarzlar yuzasidan rezerv tashkil qilish bo’yicha muomalalar bundan mustasno, chunki ular uchun alohida 4910-schyoti mavjud. Bu holatlar uchun 6290-"Muddati kechiktirilgan boshqa majburiyatlar" schyotidan foydalanish mumkin deb hisoblaymiz. Ta’kidlash joizki, soliq solish maqsadida mazkur "ko’zda tutilmagan" xarajatlar daromad (foyda) solig’i bazasini kamaytirmaydi. 6950-"Uzoq muddatli majburiyatlar-joriy kismi» schyotida mazkur hisobot davrida to’lanadigan uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi aks ettiriladi. Uzoq mudtsatli majburiyatlarning joriy qismini o’tkazishda 6950-"Uzoq muddatli majburiyatlar-joriy qismi» schyoti tegishli summaga uzoq muddatli majburiyatlar hisobga olinadigan schyotlar bilan korrespondentsiyada kreditlanadi va bunda uzoq muddatli majburiyatlarning boshlang’ich summasini kamaytiradi. Mazkur schyot bo’yicha muomalalar yuqorida ko’rib o’tilgan edi. 6960-"Davolar bo’yicha to’lanadigan schyotlar" schyotida xaridorlar, buyurtmachilar va boshqa sub’ektlar tomonidan qilingan da’volar bo’yicha, shuningdek, tan olingan (yoki solingan) jarima, penya va aybonalar (neustoykalar) bo’yicha sub’ektlar qarzi to’g’risidagi axborot aks ettiriladi. 6960-"Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar" schyoti krediti bo’yicha tan olingan va hisoblab yozilgan da’volarga oid majburiyatlar xarajatlar hisobga olinadigan schyotlar bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi. Masalan, sotilgan tovarlar kamomadiga oid xaridor da’vosi inobatga olindi: Dt 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" Kt 6960 "Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar». Mazkur majburiyatdan ikki tovar kamomadini etkazib berish yoxud tan olingan da’vo summasiga teng mikdordagi pulni qaytarish yo’li bilan foydalanish mumkin. Pul mablag’lari qaytarilgan holatda: Dt 6960-"Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar» Kt 5110 «Hisob-kitob schyoti». Sud tomonidan jarima (penya, aybona) tan olingan yoki belgilangan takdirda, shunga o’xshash yozuv qayd etiladi; yani balansda majburiyat, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda -foydani jarima summasiga kamaytiradigan xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 6970-"Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar" schyotida sub’ektlar xodimlariga hisobot yuzasidan to’langan summa va haqiqatda sarf qilingan summa o’rtasidagi farq tufayli yuzaga keladigan qarzlar aks ettiriladi. Hozirgi paytda xodimga hisobot yuzasidan pul mablag’lari summasi asosan, faqat xizmat safarlari uchun to’lanadi. Misol. Xodimga safar uchun 45 ming so’mlik summadagi bo’nak berilgan: Dt 4220 "Xizmat safarlari uchun to’langan bo’naklar" 5,0 Kt 5010 Milliy valyutadagi pul mablag’lari» 45,0. Xodim xizmat safaridan qaytgach, 49 ming so’mlik summaga bo’nak hisoboti topshirdi, ya’ni sarflangan summa hisobot yuzasidan to’langan summadan oshib ketgan va bu holatda sub’ektlarning hisobot topshiruvchi shaxsdan qarzi yuzaga keladi. 6970-"Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar" schyoti esa farq summasiga kreditlanadi: Dt 2010, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari) 49,0 Kt 4220 "Xizmat safarlari uchun to’langan bo’naklar» 5,0 Kt 6970 "Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar" 4,0 Hisobdor shaxslardan qarzlar bu shaxslar bo’nak olmasdan turib, hisobot beriladigan summalarni sarflagan takdirda yuzaga keladi. Bu quyidagicha aks ettiriladi: Dt 2010, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari) Kt 6970 "Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar". 6990-"Boshqa majburiyatlar" schyotida sub’ektlarning turli xil notijoriy muomalalar (o’quv muassasalari, ilmiy tashkilotlar va hokazolar bilan) bo’yicha; sud organlarining ijro hujjatlari yoki qarorlari va boshqalarga asosan turli tashkilot hamda alohida shaxslar foydasiga sub’ektlar xodimlarining ish haqidan ushlab qolingan summalar bo’yicha jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar oldidagi majburiyatlar aks ettiriladi. Masalan, aliment ushlab qolindi: Dt 6711 "Hisoblab yozilgan ish haqi" Kt 6990 "Boshqa majburiyatlar". Ushlab qolingan pul mablag’lari oluvchiga hisoblab o’tkazilgunga qadar mazkur summa sub’ektlar balansida joriy majburiyatlar sifatida aks ettiriladi. To’lov payti quyidagicha ifodalanadi: Dt 6990 "Boshqa majburiyatlar" Kt 5110 "Hisob-kitob schyoti". Xo’jalik sub’ektlarining turli kreditorlardan boshqa uzoq muddatli qarzlari 7920-"Turli kreditorlardan boshqa uzoq muddatli qarzlar" schyoti krediti bo’yicha aks ettiriladi. Boshqa shaxslardan uzoq muddatli qarzlar hisobi olinadigan schyotlarda sub’ektlarning har xil muomalalar bo’yicha turli jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari aks ettiriladi. 1 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 16- bet 2 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 54-bet 3 Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 54-bet Download 200.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling