Schyotlar Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan schyotlar
Sug’urta va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish
Download 200.5 Kb.
|
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’l yig’imini hisoblab yozish
6. Sug’urta va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga olish
Sub’ektlar xodimlari va mol-mulki sug’urtasi bo’yicha, davlat ijtimoiy sug’urtasi, sub’ektlar xodimlarining pensiya ta’minoti va tibbiy sug’urtasiga ajratmalar bo’yicha qarzlar to’g’risida axborot quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 6510 "Sug’urtaga oid to’lovlar"; 6520 " Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar". Bunday to’lovlarning tahliliy hisobi uchun ko’shimcha schyotlar ochish tavsiya qilinadi, masalan: - MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy badallar; - MHTFdan Bandlikka ko’maklashish fondiga majburiy badallar; - MHTFdan Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga majburiy badallar; - fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy sug’urta badallari; 6521 - Yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar; 6522 - byudjetdan tashqari Pensiya majburiy ajratmalar va hokazolar. Ijtimoiy sug’urtaga oid to’lovlarni hisoblab yozish quyidagi tarzda aks etgiriladi: - byudjetdai tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratmalar: Dt 2010, 2310, 2510, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga olish schyotlari) Kt 6511-«MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar». - byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga: Dt 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» Kt 6514-«Fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqa-ri Pensiya jamg’armasiga majburiy sug’urta badallari». Yo’l yig’imini hisoblab yozish: Dt 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" Kt 6521 "Yo’l jamg’armasiga ajratmalar". 7. Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ish haqining barcha turlari bo’yicha hisoblab yozilgan ish haqi, mukofot-lar, nafaqalar, ishlayotgan pensionerlarga pensiyalar va boshqa to’lovlar, shuningdek deponentga o’tkazilgan ish haqi to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda yoritiladi: 6710 "Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" 6720 "Deponentlangan ish haqi" 6710-"Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schyoti krediti bo’yicha mehnat haqi bo’yicha hisoblab yozishlar, davlat ijtimoiy sug’urtasiga oid nafaqalar, pensiyalar va boshqa shunga o’xshash summalar aks ettiriladi. Ushbu schyot debeti bo’yicha hisoblab yozilgan ish haqi to’lovlari va daromaddan ushlab qolishlar, shuningdek ularning to’lovi aks ettiriladi. Agar sub’ektlarda ish haqining har xil turi bo’yicha hisoblab yozishlar mavjud bo’lsa, ularning har bir turi bo’yicha alohida tahliliy hisob yuritish tavsiya etiladi. Bu esa mehnat haqi to’lovlari bo’yicha turli tahliliy ma’lumotlar talab etiladigan, mehnatga haq to’lash fondiga taalluqli bo’lgan hisobotlarni tuzishni ancha osonlashtiradi. Quyidagi schyotlarni yuritish mumkin: -"Hisoblab yozilgan ish haqi" -"Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar" va hokazolar. Qo’shimcha schyotlarni yuritmasdan turib, hisoblab yozilgan ish haqi to’g’risidagi axborotlarni 6710-schyotida aks ettirish mumkin. Misol. Buxgalteriya hisobida ish haqi va unga taallukdi to’lovlarni hisoblab yozishni aks ettirish uchun faraz qilaylik, ishlab chiqarish bo’linmasi xodimiga 85000 so’m miqtsorida ish haqi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha 30000 so’m nafaqa hisoblab yozildi. Ish haqini hisoblab yozish: Dt 2010 "Asosiy ishlab chikarish" 85000 Kt 6711 -"Hisoblab yozilgan ish haqi" 85000 Mehnatga haq to’lash fondidan ijtimoiy sug’urtaga majburiy badallar. - Byudjetdan tashtsari Pensiya jamgarmasiga: Dt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 193 80 Kt 6511 "MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar" 19380 - Bandlikka qumaklashish fondiga: Dt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 1275 Kt 6512 "MHTFdan Bandlikka ko’maklashish jamg’armasiga badallar" 1275 - Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga: Dt 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" 595 Kt 6513 "MHTFdan Kasaba uyushmasi federatsiyasi kengashiga badallar" 595 Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqalar hisoblab yozildi: Dt 6511 "MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar" 30000 Kt 6710 "Hisoblab yozilgan ish haqi" 30000 Xodimlar ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga 2,5 % ajratmalar hisoblab yozildi: Dt 6710 "Hisoblab yozilgan ish haqi" 2125 Kt 6514 "Fuqarolar ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari" 2125 Daromad solig’i hisoblab yozildi: Dt 6710 "Hisoblab yozilgan ish haqi" 11050 Kt 6415 "Daromad solig’i bo’yicha qarzlar" 11050 Kassadan ish haqi berildi: Dt 6710 "Hisoblab yozilgan ish haqi" 71825 Kt 5010 "Milliy valyutadagi pul mablag’lari" 71825 Hisoblab yozilgan ish haqi bo’yicha uzoq muddatli qarzlarni hisobga olishning aynan o’xshash schyotlari mavjud emas. Download 200.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling