«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1


Download 490.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana16.06.2023
Hajmi490.21 Kb.
#1506727
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
47-58

55
 
tili lug‘aviy birliklari ishtirokida hosil bo‘lgan o‘zbek frazeologik iboralarining bir 
ko‘rinishi xususida fikr yuritilgan. 
Prof. A.Berdialiyevning “Lug‘aviy birliklararo lisoniy munosabatlar masalasiga 
doir” nomli maqolasida lug‘aviy birliklar: a) shakldoshlar so‘zlar; b) ohangdosh so‘zlar; 
v) ma’nodosh so‘zlar kabi uch guruhga ajratiladi. Lug‘aviy birliklarning denotativ 
asosda farq qiluvchi guruhi o‘z navbatida yana giponimlar, ekvonimlar, partonimlar va 
graduonimlarga ajratiladi [14, 9-16].
Tojikistonlik yosh tilshunoslarning ilmiy maqolalari qo‘shni respublika oliy 
o‘quv yurtlari ilmiy to‘plamlarida ham nashr etilgan. Qirg‘iziston Respublikasi Batken 
davlat universitetining Sulukta gumanitar-iqtisodiyot instituti ilmiy to‘plamlarining 
“Aktualnie problemi gumanitarno-pedagogicheskix nauk” nomi bilan nashr etilgan 2-
kitobida [1, 2011] B.Jabborovning “Lug‘aviy sathni sistema sifatida o‘rganish 
masalasiga doir” [1, 48-53]; Xujand davlat universiteti o‘zbek tili kafedrasining 
tadqiqotchilari D.Hasanova va O.Boymatovlarning “O‘zlashma lug‘aviy birliklarning 
o‘zbek tili so‘z yasalishidagi mavqei haqida (arab lug‘aviy o‘zlashmalari misolida)” [1, 
66-73] hamda “O‘zlashma lug‘aviy birliklar ishtirokida o‘zbek tili frazeologizmlarining 
yasalishi haqida” [1, 53-61] ikki maqolasi chop qilingan. Bundan tashqari, ayni shu 
nashrda tadqiqotchi D.Hasanovaning “O‘zlashma lug‘aviy birliklar so‘z yasash bazasi 
sifatida” nomli maqolasi ham berilgan [1, 37-42]. Bu ma’lumotlardan tojikstonlik 
o‘zbek filologlarining boshqa respublika oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan 
yaqin aloqada bo‘lganligidan darak beradi. 
Tojikistonda o‘zbek tilshunosligining leksikologiya va frazeologiya sohalari 
bo‘yicha amalga oshirilgan yirik ishlar sifatida B.Eshonqulovning 2005 yili himoya 
qilingan “O‘zbek tilida arab lug‘aviy o‘zlashmalarining sinxron tahlili” nomli 
nomzodlik dissertatsiyasini tilga olish mumkin. 
NATIJALAR 
Ushbu maqolada quyidagi masalalarga e’tibor qaratilgan bo‘lib, Tojikistonda 
o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-siyosiy asoslari 
belgilangan; Tojikistonda nashr etilgan ilmiy maqolalar to‘plamlari va ularga kiritilgan 
maqolalar o‘zbek tilshunosligining sohalari bo‘yicha guruhlarga ajratilib, tahlil qilingan; 
Tojikistonda nashr etilgan monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari sohaviy tahlil 
etilgan; o‘zbek tilshunosligi sohasida barakali va simarali ijod qilgan ba’zi 
mutaxassislar faoliyatiga alohida e’tibor berilgan. Tojikistonda o‘zbek tilshunosligi 
bo‘yicha qilingan ilmiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-uslubiy ishlar sohama-soha tahlil 
etilgan. 
XULOSA 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

Download 490.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling