«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1


Download 490.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana16.06.2023
Hajmi490.21 Kb.
#1506727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
47-58

52
 
qirg‘iz va boshqa turkiy xalqlar tilshunosligida shu masala bo‘yicha amalga oshirilgan 
ishlar mazmuni bilan jiddiy tanishib, so‘z yasash usullaridagi har xil qarashlar va 
ulardagi nomushtarak fikr va xulosalarga nisbatan o‘zining xolisona ob’ektiv 
munosabatini bildiradi: so‘z yasalish tizimida faqat affiksal va noaffiksal usulning 
mavjudligi va ularning ustuvorligi xususida o‘zining mantiqiy asosli fikrini olg‘a suradi 
[5, 5-14]. O‘zbek tili so‘z yasalishi yirik rejada SH.Mirzaqulov va M.Mirzaahmedovlar 
tomonidan o‘rganilgan.
Sh.Mirzaqulovning “O‘zbek tili so‘z yasalishi paradigmatikasi” nomi bilan 
nomzodlik dissertatsiyasi maqomida yakun topadi va Samarqand davlat universiteti 
qoshida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini berish uchun ixtisoslashgan 
dissertatsion kengashda 1995 yili himoya qilingan. Dissertatsiya natijalari Xujand 
davlat universitetining “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” nomi bilan 
nashr etilgan bir qator ilmiy maqolalar to‘plamida e’lon qilinadi.
So‘z yasalishi bo‘yicha ikkinchi monografik ish M.Mirzaahmedov tomonidan 
amalga oshirilgan. U “O‘zbek tilida sinxron so‘z yasash motivlari” [11, 24] deb ataladi. 
Ishda sinxron so‘z yasalishi va uning strukturasiga xarakteristika beriladi. Yasovchi 
unsurlari (yasovchi-motivlovchi asos, yasovchi-motivlovchi vosita) shakl va ma'nosi 
hamda vazifasi bilan aniq va yorqin ajratiluvchi yasalmalar va ularning strukturasiga 
nisbatan “sinxron” atamasi nisbatlanib, so‘z yasashning ana shunday qurilishli turi 
sinxron so‘z yasalishi deb atalgan. Sinxron so‘z yasashning markerli va markersiz 
turlari ham ajratiladi. Markerli sinxron so‘z yasalishi qurilmalarida yasovchi-
motivlovchi unsur shaklan va mazmunan bir butunlikda ishtirok etadi. Bu turga so‘z 
yasashning affiksal hamda qo‘shma so‘zlar xarakteridagi noaffiksal ko‘rinishlari 
kiritiladi. Sinxron so‘z yasashning markersiz turida ma’no ko‘chishining metonimiya
metafora shuningdek, konversiya va transpozitsiya yo‘llari bilan hosil bo‘lgan 
yasalmalar nazarda tutiladi. Olim dissertatsiyasining natijalari Xujand davlat universiteti 
o‘zbek tilshunosligi kafedrasining “O‘zbek tilshunosligi masalalari” nomi bilan nashr 
etilgan 7-kitobidan 19-kitobigacha e’lon qilib borilgan.
Tojikistonda, xususan, Xujand o‘zbek tilshunosligi ilmiy maktabida morfemika 
masalalari ham keng perespektiv planda tadqiq etilgan. Bu masala Leninobod davlat 
pedagogika instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” ixtisosligini imtiyozli bitirib, kafedraga 
asissent-o‘qituvchi sifatida ishga qoldirilgan iqtidorli olim, filologiya fanlari doktori
professor T.Mirzaqulov va uning shogirdlari faoliyati bilan bog‘lanadi. T.Mirzaqulov 
1980 yili “O‘zbek tilida shakl yasovchi qo‘shma affikslar” mavzusida nomzodlik, 1994 
yili “O‘zbek tili morfem paradigmatikasi va sintagmatikasi” mavzusida doktorlik 
dissertatsiyasi himoya qilgan (har ikki ishga ilmiy rahbar – professor A.Berdialiyev). 
Olim 2002 yilga qadar Xujand davlat universitetida sirtqi bo‘lim prorektori, fakultet 
dekan o‘rinbosari, umumiy tilshunoslik va o‘zbek tili kafedralarida mudir vazifalarida 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

Download 490.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling