«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1


Download 490.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana16.06.2023
Hajmi490.21 Kb.
#1506727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
47-58



www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1
47
 
TOJIKISTONDA O‘ZBEK TILI LISONIY QURILISHINING SOHAVIY 
O‘RGANILISHI 
 
Ermatov Ixtiyor Rizakulovich 
Guliston davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
ixtiyor_ermatov@mail.ru
 
ANNOTATSIYA 
Tojikistonda o‘zbek tilshunosligining shakllanishi, taraqqiyoti va rivojlanishiga 
sabab bo‘lgan omillar hamda o‘zbek tilshunosligining rivojiga hissa qo‘shgan 
tilshunoslar haqida fikr yuritiladi. Maqolada o‘zbek tilshunosligi O‘zbekiston 
Respublikasidan tashqarida, unga qo‘shni respublikalarda ilk bor o‘rganilishiga e’tibor 
qaratilgan.
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amalga 
oshirilgan izlanishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada mamlakatimizdagi 
mavjud ko‘p tilli jamiyat va amalda bo‘lgan turli tillarning o‘zaro ta’siri, holati, 
mukammallashuvi, mavqeining oshishi hamda funktsional rivojlanishi masalalariga oid 
izchil tahlillarning yetarli emasligi, bu yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasini 
tadqiqotlarda samarali qo‘llash hamda o‘zbek tilining chet davlatlardagi taraqqiyoti 
masalalari bo‘yicha izlanishlarni olib borish tilshunosligimizdagi muhim vazifalardan 
biridir.
O‘zbek tilshunosligi turkiy tilshunoslikning nazariy jihatdan atroflicha 
mukammal rivoj topgan tarmoqlaridan biridir. O‘zbek tilshunosligi tilning jahon 
tilshunosligi so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlarini o‘rganib, uni tilning barcha sath 
hodisalariga tatbiq etayotir. Bu xususiyatni o‘zbek tilshunosligining fonetika va 
fonologiya, so‘z yasalishi va morfemika, leksikologiya va frazeologiya, morfologiya va 
sintaksis sohalarida ko‘rish mumkin.
Mazkur maqola o‘zbek tilshunosligi muammolariga, xususan, Tojikistonda 
o‘zbek tilishunosligining shakllanishi va taraqqiyoti, o‘zbek tili lisoniy qurilishining 
sohaviy o‘rganilishi masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek 
tilshunosligining Tojikistonda shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, 
o‘zbek tilshunosligining taraqqiyotida tutgan muhim o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan 
birga bu masalani yirik planda o‘rganish o‘zbek tilshunosligining hozirgi holatini ilmiy 
jihatdan chuqur va atroflicha tasavvur etishga imkon yaratadi. O‘zbek tilshunosligi 
Tojikistonda to‘liq shakllangan va rivojlangan fanlardan biridir. Shu jihatdan bu fanning 
ishlanishi, unga e’tibor O‘zbekistondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu ishda 
Tojikistonda o‘zbek tilshunosligining ana shu xususiyatlarini yoritish maqsad qilingan. 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

Download 490.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling