«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1


Download 490.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana16.06.2023
Hajmi490.21 Kb.
#1506727
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
47-58

54
 
Professor A. Berdialiyevning assimilyatsiya va dissimilyatsiya singari fonetik 
jarayonlarning izomorfizm qonuniyati ta’sirida tilning lug‘aviy sathida ham boshqacha 
lisoniy qiymat bilan amal qilishi haqidagi qarashlari uning “Semantik assimilyatsiya va 
dissimilyatsiya hodisalari haqida” deb nomlanuvchi maqolasida o‘z ifodasini topgan 
[22, 5-12]. Maqola til ilmining o‘ta murakkab va dolzarb muammolariga qaratilgan. 
Ma’lum bo‘lishicha, semantik assimilyatsiya semantik dissimilyatsiya bilan mantiqiy-
lisoniy jihatdan o‘zaro bog‘liq har xil tushunchalardir. Maqolada semantik 
assimilyatsiya va semantik dissimilyatsiyaning uch amaliy turi ajratiladi. Ular: a) 
sinxron semantik assimilyatsiya va dissimilyatsiya; b) diaxron semantik assimilyaiya va 
dissimilyatsiya; v) qiyosiy semantik assimilyatsiya va dissimilyatsiya [22, 10]. 
A.Berdialiyevning nomi yuqorida tilga olingan ikki maqolasi ham umumtilshunoslik 
nuqtai nazaridan o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yirik monografik tadqiqotlar uchun 
mavzudir. Biroq maqolaning e’lon qilinganiga qariyb chorak asr bo‘layotgan bo‘lsa-da, 
afsuski, bu mavzu o‘zining fidoyi tadqiqotchilarini topgan emas.
B.Eshonqulovning “Arab-fors lug‘aviy o‘zlashmalarining ba’zi semantik 
xususiyatlari haqida” [17, 99-103]; “Arab leksik o‘zlashmalarining antonimiyaga 
munosabati” [18, 45-48]; “Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi arabcha so‘zlarning tematik 
guruhlanishi haqida” [19, 33-35]; “So‘z o‘zlashtirishning ba’zi masalalari haqida” [20, 
7-10] maqolasi o‘zbek tili leksikologiyasi masalalariga bag‘ishlangan.
Dotsent O.Abdunazarovning “Umumtil iboralari asosida yaratilgan individual 
frazeologik neologizmlar haqida” [22, 21-24] maqolasida o‘zbek frazeologiyasiga oid 
masalalardan biri o‘rganilgan. 
Tojikistonda o‘zbek tili lug‘aviy va frazeologik tizimining nazariy masalalari 
bilan shug‘ullanishga 2000-yillardan keyin alohida e’tibor berila boshlandi. Prof. 
A.Berdialiyev va uning D.Hasanova, SH.Rasulova, Q.Jabborova, B.Jabborov, 
O.Boymatov singari yosh shogirdlari tomonidan o‘zbek tili leksikologiyasining 
tadqiqotchilar nazari tushmagan zamonaviy masalalari o‘rganilib, ularning tadqiqotlari 
natijalari bo‘yicha ayrim maqolalar e’lon qilindi. Masalan, “O‘zbek tilshunosligi 
muammolari” ilmiy maqolalar to‘plamining 2008 yili “Xuroson” matbaasida nashr 
etilgan 17-kitobida M.Turdibekovning (“Konibodom makrotoponimi tizimidagi 
mikrotoponimlar haqida”), B.Jabborovning (“Qarindoshlik nomlarining yaqinlik 
ma’nolarida qo‘llanishi haqida”), H.Hamzayevning (“O‘zlashma lug‘aviy birliklar va 
ularning ba’zi lisoniy xususiyatlari haqida”), Z.Abdualiyeva va SH.Rasulovalarning 
(“Lug‘aviy-semantik mikroqurilmalar tizimidagi ekvonim va ekvonimiya hodisalari 
haqida”) o‘zbek tilining sinxron leksikologiyasining turli masalalariga bag‘ishlangan 
maqolalari berilgan. O.Boymatovning xuddi shu to‘plamdan joy olgan “Jon so‘zi 
ishtirokida shakllangan frazeologik iboralarning xususiyatlari haqida” maqolasida tojik 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

Download 490.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling