«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1


Download 490.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi490.21 Kb.
#1506727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
47-58

49
 
developed disciplines in Tajikistan. In this regard, the development of this science is the 
second most important after Uzbekistan. This work aims to highlight these features of 
Uzbek linguistics in Tajikistan. The purpose of the study is to: analyze the literature on 
the formation and development of Uzbek linguistics in Tajikistan, to be critical of 
existing theories; to cover the field study of the Uzbek language. 
Keywords: turkology, school of linguistics, phonetics, morphemics, lexicology, 
phraseology. 
KIRISH.
O‘zbek tilshunosligida til hodisalarini, xususan, lug‘aviy birliklarni komponent 
tahlil usulida o‘rganishga allaqachon kirishilganki, tahlilning bu usulini boshqa turkiy 
xalqlar til ilmida hozircha ko‘rish qiyin. “Tojikistonda o‘zbek tilshunosligi” mavzusi 
umumiy tilshunoslik mundarijasiga aloqador muammolar sirasiga kirib, mavzu 
zamonaviy dolzarb xarakter kasb etadi. Uning zamonaviy va dolzarbligi shundaki, 
o‘zbek tilshunosligi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida, unga qo‘shni 
respublikalarda ilk bor o‘rganilayotir. Bunga yetarlicha asos ham bor, albatta. Tojikiston 
Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida o‘n beshdan ortiq mutaxassislar o‘zbek tilining 
fonetik-fonologik, morfem va so‘z yasalishi, morfologik va sintaktik qurilishi bo‘yicha 
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tinimsiz shug‘ullanib keladi. Shuningdek, bu mamlakatda 
o‘zbek tilining lug‘aviy qurilishi, til birliklarining mazmuniy plani (semantikasi), badiiy 
asar tilini sinxron va diaxron rejalarda o‘rganish masalalari ham tadqiqotchilar e’tibori 
markazida bo‘lib kelgan. Tojikiston o‘zbeklari shevalarini o‘rganish ham tojikistonlik 
tilshunoslar e’tiboridan chetda qolmagan. Bunday murakkab va rang-barang mavzular 
bo‘yicha tadqiqotlar O‘zbekistonning Tojikistondan boshqa qo‘shni mamlakatlarida 
amalga oshirilmagan.
Tojikistonda o‘zbek tilshunosligi bilan asosan Xujand davlat universitetining 
(sobiq Leninobod davlat pedagogika instituti) o‘zbek filolog-olimlari shug‘ullanganlar 
va shug‘ullanmoqdalar. Shuning uchun Xujand davlat universitetida o‘zbek ilmiy 
tilshunoslik maktabi shakllangan va uning faoliyati, Tojikistonning o‘zidan tashqari
O‘zbekiston, Qirg‘iziston filologlari tomonidan tan olingan. Shunday dolzarb 
masalalardan biri Tojikistonda o‘zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o‘rganilishini 
keng yoritishdir.

Download 490.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling