«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1


MUHOKAMA  O‘zbek tili fonetikasi va fonologiyasiga oid amalga oshirilgan ishlar


Download 490.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana16.06.2023
Hajmi490.21 Kb.
#1506727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
47-58

MUHOKAMA 
O‘zbek tili fonetikasi va fonologiyasiga oid amalga oshirilgan ishlar. 
Tojikiston o‘zbek ilmiy tilshunosligi maktabida, dialektologik tadqiqotlarni hisobga 
olmaganda, fonetika va fonologiyaga bag‘ishlangan yirik rejada ish qilinmagan. Bu 
masalada prof. A.Berdialiyev qalamiga mansub ikki ishni ko‘rsatish mumkin. Birinchisi 
olimning 1991 yili Toshkentda nashr etilgan “O‘zbek tili sintaktik paradigmatikasi 
asoslari” nomli risolasining “Til birliklarining paradigmatik va sintagmatik asoslari” 
qismida o‘zbek tili unlilar sistemasining tahlilidir [2, 50]. Risola pedagogika 
institutlarining o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari uchun maxsus kursning nazariy 
materiali xarakterini kasb etadi. Unda o‘zbek adabiy tili unli fonemalarining 
paradigmatik ko‘lami haqida qimmatli ma’lumot beriladi. Muallif o‘zbek adabiy tilidagi 
olti unli (i, u, o‘, a, o, e)ning hosil bo‘lish o‘rni, lablarning ishtiroki va qattiq-
yumshoqlik, uzun-qisqalik belgilariga ko‘ra 72 korrelyativ a’zolarini paradigma asosida 
aniq va ishonarli belgilaydi, ishonarli sxema asosida barchaga tushunarli tarzda 
izohlaydi [2, 11-12].


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1
51
 
Fonetika va fonologiya masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi maqola o‘ta nazariy 
bo‘lib, umumiy tilshunoslik bahsida yozilgan. Maqolada fonema va tovush 
tushunchalari va ularning Leningrad va Moskva fonologik maktablaridagi farqli talqini 
haqida, ularning asosli va asossiz tomonlari haqida fikr yuritiladi. Fonemalarni 
o‘rganishga rasmiy ixtisoslashgan fonologiya haqida olim quyidagilarni yozadi: 
“Fonologiya atamasiga real nutq tovushlarining barcha fiziologik va akustik 
xususiyatlari majmuasini o‘zida mujassamlashtirgan noreal, ya’ni xotirada shakllangan 
tiplarini o‘rganish yuklangan. Fonemalarga nisbatan real nutq tovushlarining 
tipiklashgan muqobili sifatida qaralishi ham ana shundan. Xullas, fonema tilning psixik 
xarakterdagi eng kichik segment birligi sifatida tushuniladigan bo‘ldi”. Maqolani olim 
“…fonemalar va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi mutaxassis – fonolog ayni o‘rinda 
nutq tovushlari va ularning amalini o‘rganuvchi fonetist esa, hissiy farq qiluvchi real 
nutq tovushlarini mavhumlashtiradigan fonemalarni o‘rganuvchi fonolog ham 
bo‘lmog‘i shart va zarur” deya yakunlaydi [3, 5-6]. 

Download 490.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling