«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1
Morfemika va so‘z yasalishi sohalariga oid amalga oshirilgan ishlar
Download 490.21 Kb. Pdf ko'rish
|
47-58
Morfemika va so‘z yasalishi sohalariga oid amalga oshirilgan ishlar.
Tojikiston o‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi va morfemikaning nazariy masalalari bilan shug‘ullanish o‘tgan asrning 60-yillari oxiridan boshlangan deyish mumkin. Chunki prof. A.Berdialiyevning ilmiy faoliyati o‘zbek tilida so‘z yasalishi va morfemika masalalarini o‘rganishdan boshlangan. Olimning 1970 yili taniqli tilshunos, prof. A.G‘ulomov rahbarligida yozilib, himoya qilingan nomzodlik dissertatsiyasi affiksal morfemalarning o‘zbek tilshunosligidagina emas, balki umumturkologiyada qo‘l urilmagan masalalaridan birini o‘rganishga qaratilgan edi. Bu tadqiqot “O‘zbek tilida so‘z yasovchi qo‘shma affikslar” deb atalgan [4, 24]. Yosh olimning S.M.Kirov nomidagi Leninobod davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilarining 1970 yili nashr etilgan ilmiy maqolalar to‘plamidan “O‘zbek tilida -chilik affiksi” hamda “-garu affiksi haqida” [9, 143-153] deb nomlangan ikki maqolasi joy olgan. Birinchi maqolasida A.Berdialiyev hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z yasalishi jarayonlarida faol amalda bo‘lgan va tarkibi -chi hamda -lik qo‘shimchalaridan tarkib topgan murakkab affiks haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, ikkinchi maqolasida hozirgi vaqtda ilgari, ichkari, tashqari, yuqori so‘zlarining tarkibiga singishib ketgan va tarixan ikki jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi (-ga//ka//qa hamda –ra//ru)dan tarkib topgan murakkab qo‘shimcha va uning lisoniy amali xususida fikr yuritadi. A.Berdialiyev so‘z yasalishi va morfemika masalalarini nazariy jihatdan o‘ta chuqur va mukammal tushunganligi uchun ham, shu mavzuda yozilgan doktorlik (T.Mirzaqulov) va nomzodlik (T.Mirzaqulov, Sh.Mirzaqluov, M.Atamurodov, M.Mirzaahmedov, D.Hasanova, O.Boymatov) dissertatsiyalarining ilmiy rahbari bo‘lgan. Prof. A.Berdialiyev so‘z yasalishi bilan bog‘liq rus, o‘zbek, tatar, boshqird, www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1 Download 490.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling