«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI


Download 490.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana16.06.2023
Hajmi490.21 Kb.
#1506727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
47-58

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI.
O‘zbek 
tilshunosligining 
Tojikistonda 
shakllanishi 
va 
rivojlanishiga 
bag‘ishlangan 2-3 maqola yozilgan va nashr etilgan bo‘lsa-da, u maxsus tadqiq 
etilmagan. Bu masalani yirik planda o‘rganish o‘zbek tilshunosligining hozirgi holatini 
ilmiy jihatdan chuqur va atroflicha tasavvur etishga imkon yaratadi. Xususan, 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1
50
 
T.Turdiboev, E.Eshmurodov tomonidan nashrga tayyorlangan “So‘z zargari” deb 
nomlangan maqolalar to‘plami [13, 102], N.Mahmudov va boshqalar tomonidan chop 
etilgan “Tojikistonlik o‘zbek tilshunoslari sardori” maqolasi [10, 121-125] o‘zbek tilida 
dastlabki ushbu yo‘nalishda o‘rganilgan ish hisoblanadi. Bundan tashqari 
E.Sheraliyevning “Til ilmi fidoyisi” [15, 2007], B.Sheronovning “Alloma tilshunos” 
[16, 80-93] maqolalari ushbu masalaga bag‘ishlangan.
Tadqiqot ishi ob’ekti sifatida Xujand davlat universitetining 1964-1970 yillarda 
nashr etilgan o‘zbek tilshunosligi masalalariga bag‘ishlangan uch ilmiy maqolalar 
to‘plami “Ilmiy asarlar. XXII. Til va adabiyot masalalari” [7, 1964], “Ilmiy asarlar. 
XXVI. Til va adabiyot masalalari. Ilmiy maqolalar to‘plami” [8, 1967], “Ilmiy asarlar. 
XXXIV. Til va adabiyot masalalari” [9, 1970] tahlil qilinadi. 
TADQIQOT METODOLOGIYASI 
Tadqiqot ob’ekti Xujand davlat universitetida o‘zbek tilshunosligi masalalariga 
bag‘ishlangan konferentsiyalar hamda ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan o‘zbek 
tilshunosligi muammolariga oid maqolalar tashkil etadi. Tadqiqotda quyidagi ilmiy 
tahlil metodlaridan foydalanilgan: lingvistik tavsiflash, sistem, statistik, kontekstual 
tahlil usullari. Tadqiqot mavzusiga doir ilmiy adabiyotlarni tahlil qilishda lingvistik 
tahlil usulidan foydalanilgan. Tojikistonda o‘zbek tilshunosligi shakllanishi va 
taraqqiyoti, o‘zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o‘rganilishi masalalarini yoritishda 
sistem tahlil usuli qo‘llanilgan. Statistik tahlil turli yillarda nashr etilgan ilmiy 
maqolalarda o‘zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o‘rganishda keng foydalanilgan.

Download 490.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling