«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1
Download 490.21 Kb. Pdf ko'rish
|
47-58
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANNOTATSIYA
www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1 47 TOJIKISTONDA O‘ZBEK TILI LISONIY QURILISHINING SOHAVIY O‘RGANILISHI Ermatov Ixtiyor Rizakulovich Guliston davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ixtiyor_ermatov@mail.ru ANNOTATSIYA Tojikistonda o‘zbek tilshunosligining shakllanishi, taraqqiyoti va rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillar hamda o‘zbek tilshunosligining rivojiga hissa qo‘shgan tilshunoslar haqida fikr yuritiladi. Maqolada o‘zbek tilshunosligi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida, unga qo‘shni respublikalarda ilk bor o‘rganilishiga e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi muammolarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan izlanishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada mamlakatimizdagi mavjud ko‘p tilli jamiyat va amalda bo‘lgan turli tillarning o‘zaro ta’siri, holati, mukammallashuvi, mavqeining oshishi hamda funktsional rivojlanishi masalalariga oid izchil tahlillarning yetarli emasligi, bu yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasini tadqiqotlarda samarali qo‘llash hamda o‘zbek tilining chet davlatlardagi taraqqiyoti masalalari bo‘yicha izlanishlarni olib borish tilshunosligimizdagi muhim vazifalardan biridir. O‘zbek tilshunosligi turkiy tilshunoslikning nazariy jihatdan atroflicha mukammal rivoj topgan tarmoqlaridan biridir. O‘zbek tilshunosligi tilning jahon tilshunosligi so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlarini o‘rganib, uni tilning barcha sath hodisalariga tatbiq etayotir. Bu xususiyatni o‘zbek tilshunosligining fonetika va fonologiya, so‘z yasalishi va morfemika, leksikologiya va frazeologiya, morfologiya va sintaksis sohalarida ko‘rish mumkin. Mazkur maqola o‘zbek tilshunosligi muammolariga, xususan, Tojikistonda o‘zbek tilishunosligining shakllanishi va taraqqiyoti, o‘zbek tili lisoniy qurilishining sohaviy o‘rganilishi masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligining Tojikistonda shakllanishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligining taraqqiyotida tutgan muhim o‘rni tahlil qilinadi. Shu bilan birga bu masalani yirik planda o‘rganish o‘zbek tilshunosligining hozirgi holatini ilmiy jihatdan chuqur va atroflicha tasavvur etishga imkon yaratadi. O‘zbek tilshunosligi Tojikistonda to‘liq shakllangan va rivojlangan fanlardan biridir. Shu jihatdan bu fanning ishlanishi, unga e’tibor O‘zbekistondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu ishda Tojikistonda o‘zbek tilshunosligining ana shu xususiyatlarini yoritish maqsad qilingan. www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1 Download 490.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling