«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1


Download 490.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana16.06.2023
Hajmi490.21 Kb.
#1506727
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
47-58

53
 
ishlagan. Xujand davlat universitetidagi faoliyatida u o‘zbek tili morfemikasining turli 
masalalari bo‘yicha maqolalar e’lon qilgan. Shu mavzu bo‘yicha ikki qismdan iborat 
monografiya ham chop etgan. Kitobda morfemika va funktsional-semantik maydon, 
morfem-morfologik paradigma, morfem ayniyatlilik masalalari yoritilgan. Morfemalar 
tasnifi va ular bilan aloqador qonuniyatlar xususida so‘z yuritilgan. 
T.Mirzaqulov o‘zbek tili morfemalar tizimini, xususan, affiksal morfemalar 
tizimini rus, tatar, boshqird va boshqa rivojlangan tilshunosliklarda olg‘a surilgan 
zamonaviy qarashlarni chuqur o‘rganib, ularni o‘zbek tili morfemalar tizimiga ham 
tatbiq etadi. O‘zbek tilida so‘zlarning analitik shakllarini hosil qiluvchi yordamchi 
vazifaviy unsurlarni (yordamchi so‘zlar, ko‘makchi fe’llar va h.k.) ham affikslarga 
vazifadosh yordamchi morfemalar sifatida qaraydi. O‘zbek tili morfemikasini bir qator 
lisoniy hodisalarni o‘z ichiga olgan to‘laqonli soha sifatida mukammallashtiradi [12, 
1993].
Morfemika bo‘yicha M.Dushaboyev, V.Qodirova, M.Zokirova, M.Erkayev 
singari yosh tadqiqotchilar ham shug‘ullanganlar. M.Dushaboyev, V.Qodirova til 
morfem qurilishida yuz beruvchi shakliy-ma’noviy o‘zgarishlar bo‘yicha; M.Zokirova 
morfemalarning struktur tasnifi va onomasiologik belgilari; M.Erkayev esa morfem 
ma’nolarning ob’ektiv borliq bilan munosabati masalalariga doir maqolalar e’lon qilgan 
[23, 2000]. O‘zbek tili morfemikasiga doir monografik rejada yirik ish professor 
A.Berdialiyev tomonidan amalga oshirilgan. U “So‘z tarkibi va shakl-ma’no 
nomutanosibligi” nomi bilan 2013 yili Bishkekda nashr etilgan [6, 164]. 
Leksikologiya va frazeologiya sohalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar. 
Tojikiston o‘zbek ilmiy tilshunoslik maktabida leksikologiya va frazeologiya 
masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan hamda monografik rejada dissertatsiya 
ishlari qilingan. A.Berdialiyev, B.Eshonqulov, B.Jabborov, D.Berdialiyeva, 
O.Boymatov, D.Hasanovalar tomonidan ayrim maqolalar o‘zbek tilining lug‘aviy va 
frazem tizimida tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolgan masalalarni o‘rganishga 
qaratilgan. Masalan, prof. A.Berdialiyevning “Suppletivizm va unga daxldor ba’zi 
tushunchalar haqida” [21, 3-14] maqolasida, rus tilshunosligida maxsus ishlanmagan
turkologiyada esa, til ilmi mutaxassislariga noma’lum bo‘lgan lug‘aviy sathning dolzarb 
bir muammosi haqida fikr yuritiladi. E’tirof etilishicha, bir umumiy klassemaga ega 
bo‘lgan har xil lug‘aviy-grammatik kategoriyaga mansub ikki leksema munosabatida 
suppletiv munosabat vujudga kelib, shu munosabatni tashkil qilgan so‘zlar lug‘aviy 
suppletivizmga mansub bo‘larkan. Ana shu umumiy klassema asosida ikki lug‘aviy 
birlik – lug‘aviy suppletiv sintagmatik munosabatga kirishib, sintagma (birikma) hosil 
qilar ekan. Olim qo‘l va ushlamoq, ko‘z va ko‘rmoq, tabib va davolamoq, oyoq va 
yurmoq singari so‘zlararo suppletiv aloqa mavjud va shu sabab bu so‘zlarni lug‘aviy 
suppletivlar deya izohlaydi.


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

Download 490.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling