Сейм salb yurishlari —


Download 61.83 Kb.
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1518043
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ozimniki



Сейм



SALB YURISHLARI —Rim papasi boshchiligida G‘arbiy Yevropaning bir necha mamlakatlari—Genuya, Venesiya, Piza, Fransiya, Angliya, Germaniya va boshqalar Isoning tobutini g‘ayri dinlar (musulmonlar) qo‘lidan qutqazish, «muqaddas» yerlarni Falastin musulmonlaridan ozod etish bayrog‘i ostida sharq mamlakatlarini talash maqsadida Sharqqa — Suriya, Falastin, Shimoliy Afrika, Baltika bo‘yi mamlakatlariga qarshi yetti harbiy ekspeditsiyaning umumiy nomi; ritsar- larning Sharq mamlakatlariga harbiy yurishlari. Birinchi S. yu. (1096—1099) Quddusni olish va Ierusalim qirolligini tashkil qilish bilan tugagan. Ikkinchi S. yu. (1147—1149) va uchinchi S. yu. (1189— 1192) vahtida ruhoniy-ritsarlik ordeni tuzilgan. Papa Innokentiy Sh tashabbusi bilan Vizantiyaga qarshi uyushtirilgan to‘rtinchi S. yu. da (1202—1204) asosan Venesiya savdo- garlari hatnashganlar va Vizantiya yerlarining bir qismi ho‘lga kiritilib, unda Latin imperiyasi (1204— 1261) tashkil etilgan. Shundan so‘ngi S. yu. yaxshi natija bermagan. Tripoli (1289) va Akra (1291) musulmonlar ho‘liga o‘tishi bilan salbchilar o‘zlarining Sharqdagi mulklarini tamomila yo‘qotganlar. S. yu. vaqtida Sharq xalqlarini talab orttirilgan boylik G‘arbiy Yevropada feodal jamiyatning rivojiga va pul-tovar munosabatlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 12—13-asrlarda papaning tashabbusi bilan nemis feodallari Baltika bo‘yi va slavyan yerlariga S. yu. uyushtirganlar («Drang nax Osten»), Vatikan (h.) o‘rta asrlardagi S. yu. ideyasidan Sovet Ittifoqiga, xalq demokratiyasi davlatlariga, mustamlaka mamlakatlaridagi milliy ozodlik harakatiga, jahondagi barcha taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurashda foydalanishga bir necha bor urinib ko‘rgan. S. yu. lari Sharq va Baltika bo‘yi xalqlariga mislsiz azob-uqubatlar, xalq xo‘jaligiga katta vayronagarchilik keltirgan. S. yu. lari Sharqni talash evaziga G‘arbdagi davlatlar ekonomikasining tez rivojlaiishiga olib kelgan bo‘lsa, o‘tmishda jahon bo‘yicha taraqqiyotda oldinda borgan Sharqqa asrlarga cho‘zilib ketgan turg‘unlik keltirgan.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling