Сейм salb yurishlari —


SATURN (lat.)—qadimgi italyanlarda vaqt va ekinlar xudosi, dehqonchilik va hosildorlik homiysi; greklarda — Kronosu. SVAROG —


Download 61.83 Kb.
bet5/12
Sana16.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1518043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ozimniki

SATURN (lat.)—qadimgi italyanlarda vaqt va ekinlar xudosi, dehqonchilik va hosildorlik homiysi; greklarda — Kronosu.
SVAROG —sharqiy slavyanlarda xristianlik qabul qilingunga qadar bosh xudo; osmon va olov xudosi; S. quyosh xudosi — Dajbog‘ va olov xudosi — Svarojichning otasi.
SVAROJICH—erdagi olov xudosi; sharqiy slavyan afsonalariga ko‘ra Svarogning ikki o‘g‘li; quyosh xudosi — Dajbog‘ va olov xudosi Svarojich bo‘lgan.
SEATO (ingl.)—«Sharqi-Janubiy Osiyoni mudofaa qilish haqidagi shartnoma»ning qisqartirilgan (inglizcha nomining bosh harflardan olingan) nomi; Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya Ittifoqi, Yangi Zelandiya, Filippin, Tailand va Pokiston harbiy-siyosiy ittifoqi bo‘lib, AQSh ning plani asosida 1955 y. da tuzilgan. Shartnomada Osiyo xalqlarining milliy ozodlik harakatini zo‘rlik bilan bostirish, Osiyodagi sotsialistik mamlakatlarga qarshi urushga tayyorlanish, xalqqa qarshi reaksion rejimlarga harbiy madad berish ko‘zda tutilgan edi. Vetnam, Laos va Qambodja xalqlarining imperialistik agressorlar hamda ularning gumashtalari ustidan qozongan g‘alabalari, xalqlarning tinch va hamkorlikka pntilishlarining kuchayib borishi bu agressiv harbiy blokni halokatga olib keldi. 1975 y. sentyabrida SEATO ni tarqatish haqida qaror qabul qilindi va 1977 y. iyunidan tugatildi.
SEGREGATSIYA (lat.)—ajratilgan; burjua davlatlarida irqiy kamsitishning bir shakli. S. negrlar va boshqa qora taili aholini oq tanlilardan majburan ajratib qo‘yish; qora tanli aholi uchun transport, o‘quv yurtlari va shu kabilar boshqa bo‘lishi; ayrim irqiy grup- palarning yashashlari uchun alohida territoriya ajratilishi, S. ayniqsa Janubiy Afrika Respublikasida juda rivojlangan. AQSh da ham S. mavjud. Yana qaralsin: Rezervatsiya, Aparteid, Rasizm.
SEYM (polyak.)—1 feodalizm davrida—bir qator mamlakatlarda, jumladan, sobiq Polsha-Litva, Chexiya va boshqa davlatlarda toifa-vakillik muassasalari; 2 Finlyandiyada bir palatali qonun chiqaruvchi organ; 3 Polsha Xalq Respublikasida davlat hokimiyatining bir palatali oliy organi. 4 Burjua Litva (1922—1940) va Latviya (1922— 1934) parlamentining quyi palatasi.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling