Сейм salb yurishlari —
SINAGOGA (grek.)—yig‘ilish; yahudiylarda ibodatxona, diniy jamoa tashkiloti. SINDIKALIZM
Download 61.83 Kb.
|
ozimniki
SINAGOGA (grek.)—yig‘ilish; yahudiylarda ibodatxona, diniy jamoa tashkiloti.
SINDIKALIZM (^r.)—ishchilar kasaba soyuz harakatidagi mayda burjua opportunistik oqimi; u 19-asr oxiri—20-asr boshlarida vujudga kelgan; asosiy rahbarlari A. Labriola (Italiya), J. Sorel (Fransiya). Bu oqim namoyandalari proletariatning siyosiy kurashini, proletariat diktaturasini va ishchi- lar sinfi partiyasining rahbarlik rolini inkor etadilar. Ularning fikricha, ishchilar faqat kasaba soyuzlari tuzish va iqtisodiy kurash olib borish bilan chegaralanishlari kerak. Ular proletariat davlati va diktaturasi zarurligini ham inkor qiladilar. Ular sotsialistik revo- lyusiya g‘alaba qozongach, hech qanday diktaturaga ehtiyoj qolmaydi, ishlab chiqarish va boshqarish ishi sindikatlar — kasaba soyuzlari yordami bilan amalga oshiriladi, deb hisoblaydilar. SINDIQAT (lat.)—tekshirmoq; tekshirib chiqmoq; 1 kapitalistik mamlakatlarda raqiblarni yo‘qotish, bozorlarga tanho ega bo‘lish, narxlarni oshirish, ishchilarni yanada qattiq ekspluatatsiya qilish, ko‘proq foyda olish maqsadida tuziladigan monopolistik birlashma. U karteldan (h.) shu bilan farq qiladiki, xom ashyo, mahsulot yagona organ — kontora yoki savdo firmalari orqali sotib olinadi va sotiladi. Hozirgi davrda S. o‘zining eski ahamiyatini yo‘qotgan; 2 SSSRda 1922— 1930 yilda bir necha sanoat trestla- rini o‘z ichiga olgan tashkilot (xom ashyo va mahsulotni sotib olish va sotish, savdo ishlarini planlashtirish uchun); 3 Fransiya va boshqa ba’zi mamlakatlarda kasaba soyuzla- rining nomi. SINENDRION (grek.)—qadimgi Yahudiyada oqsoqollar kengashi; u Quddus inqrozga uchragunga qadar oliy diniy muassasa vazifalarinigina emas, balki hukumat va sud va- zifalarini ham bajargan. SINOD (grek.)—yig‘in, majlis; sostavida bir necha cherkov bo‘lib, cherkov ierarxiya (h.) sida yuhori lavozimlarni egallagan shaxslardan tashkil topgan kenga- shuvchi yoki ma’muriy organ. Rus pra- voslav cherkovida patriarx (h.), katolik cherkovnda Rnm papasi huzuridagi organ. 1 patriarx (h.) boshqarmasining tugatilishi munosabati bilan 1721 y. da Pyotr I tomonidan tashkil qilingan muassasa; Rossiyada pravoslavie cherkovi boshharmasining yuqori organi hisoblangan diniy kollegiya. S. ixtiyorida monastir prikazi, cherkov ishlari prikazi, raskolniklar ishi bilan shug‘ullanuvchi prikaz va boshhalar bor edi. 1722 y. da Sinod prezidenti lavozimi tugatilib, o‘rniga grajdanlik mansablaridan bo‘lgan ober-prokuror tayin etilgan. S. diniy maktab va o‘quv yurtlari ishlariga rahbarlik hilar, rus cherkovi bo‘yicha oliy sud muassasasi hisoblanar edi. 1918 y, 20 yanvarda Sovet hukumati tomoni- dan e’lon hilingan dekretga ko‘ra, cherkov davlatdan va maktab cherkovdan ajratildi; 2 1943 y. da SSSR da tashkil etilgan muhaddas S. Mos- kva va Butun Rus patriarxi (h.) huzuridagi kengashuvchi organ bo‘lib, faqat cherkov ichki ishlarini nazorat qiladi. Pravoslavie cherkovi va diniga taalluqli masalalarni ko‘rib, hal etadi; 3 protestant (h.) cherkovida S. ruhoniylarning yig‘ini bo‘lib, unda cherkovga doir muhim masalalar hal etilardi. SINF (a.)—odamlarning ijtimoiy ishlab chiharishda muayyan tarixiy o‘rin tutgan, ishlab chiqarish vositalariga munosabati, ijtimoiy boyliklarning tahsimotidagi roli bir xil bo‘lgan, umumiy manfaatlar bilan birlashgan katta ijtimoiy gruppasi. Download 61.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling