Сейм salb yurishlari —


Download 61.83 Kb.
bet7/12
Sana16.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1518043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ozimniki

SEQUND-MAYOR (lat.)— 18- asrda (1716—1796 yy.) rus armiyasida ofitserlik unvoni bo‘lib, u keyingi vaqtlardagi podpolkovnpk darajasiga teng.
«SEMIBOYARSHCHINA» (rus.)— yetti boyar boshqargan vaqt; yetti boyar hukumati (1610—1612); Rossiyada podsho Vasiliy Shuyskiy taxtdan ag‘darilgach (1610 y. iyul), mamlakat yetti boyar tomonidan idora qilingan vaqt; amalda hokimiyat polyak inter- ventlari qo‘liga o‘tgan davr; K. Minin va D. Pojarskiy boshchiligidagi opolchenie tomonidan tugatilgan; tartibsizlik, anarxiya, qudratli markaziy hokimiyatning yo‘qligi bilan xarakterlanadi.
«SEMIZ XALQ» yoki «YUEON SHAHARLILAR»— 13—15-asrlarda italyan kommunalarida shaharning boy tabaqalari shunday deb atalganlar.

SEMURG‘ — afsonaviy baxt-tole qushi, davlat qushi: o‘zbek ertaklarida Qo‘hi Kofda yashovchi afsonaviy katta qush; Baxt qushi.
SENAT (lat.)—1 qadimgi Rimda respublika davrigacha urug‘ oqsoqollarining yig‘ini. Respublika davrida S. oliy hokimiyatning davlat organi, hukmron quldor aslzodalar quroli; 2 Rossiya imperiyasida yuqori hukumat muassasasi; sud, moliya-ma’muriy ishlarni nazorat qiluvchi. S. 1711 y. da boyarlar dumasi o‘rniga tashkil etilgan. Oliy maxfiy kengash (1725—1730), kabinet-ministr (1731 y.) va imperator saroyi quzu- ridagi konferensiya (1756 y.) tashkil etilgach, S. o‘zining dastlabki ahamiyatini yo‘qotgan; 1763 y. da S. ning olti departamentga bo‘linishi tufayli uning ahamiyati yanada kamaygan; Ulug‘ Oktyabr sotsialistik revo- lyusiyasidan so‘ng S. tamomila tugatildi. 3 AQSh, Fransiya, Italiya va boshqa ba’zi mamlakatlarda parlamentning (q.) yuqori palatasi.
SEN-SIMONIZM —19-asrdagi fransuz utopist sotsialisti Sen-Simon ta’limoti. Sen-Simon Andri Klod (1760—1825) graf oilasida dunyoga kelgan. Unn mashqur astronom J. Dalamber o‘qitib, tarbiyalagan. Sen-Simon o‘z asarlarida burjua jamiyatini tanqid qilib, kapitalizm tuzumini sotsializm bilan almashtirishni orzu qilgan. Sen-Simon o‘z zamondoshlari orasida birinchi bo‘lib, insoniyat jamiyati ma’lum qonuniyatlar asosida rivojlanadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, har bir jamiyat o‘zidan ilgarigiga qaraganda progressivdir, chunki u ishlab chi- qarish, fan va san’atning tobora rivojlanishiga olib boradi. Sen- Simon ham Fure kabi o‘zi xayol qilgan sotsializm jamiyatida xususiy mulk va sinflar saqlanib qoladi, deydi. Sen-Simon, mening asosiy maqsadim ishchilar sinfini ozod qilish, qashshoqlikni tugatish, «kambag‘al sinfjning moddiy va madaniy hayot darajasini ko‘tarish, deydi. U proletariatni jabrlanuvchi sinf deb ataydi, uning tarixda o‘ynaydigan buyuk rolini tushunmaydi. Uning fikricha, jamiyat hammani mehnat huquqi bilan ta’min etishi, har kim o‘z qobiliyatiga yarasha ishlashi ke- rak. Sen-Simon ham Ouen va Fure kabi, kapitalistik jamiyatdagi ziddiyatlarni revolyusion yo‘l bilav bartaraf etishga qarshi edi. Sen- Simon ta’limoti utopik sotsializm> ta’limoti edi. U o‘zining «Yangi xristianlik» asarida ishchi sinfining ozod bo‘lishini «yangi» din («hamma odamlar — og‘a-inilar») ni joriy etish bilan bog‘laydi. S.-.S. ta’limoti ilmiy kommunizmning g‘oyaviy manba’laridan biridir.
SENOR (lat.)'—G‘arbiy Yevropadagi ayrim mamlakatlarda feodal jamiyatida o‘ziga qarashli yerlarda yashovchi aholiga nisbatan ma’muriy va siyosiy hukmronlikka ega bo‘lgan katta yer egasi, yirik feodal; ja- nob, taqsir, afandi. Ispaniyada erkaklarga murojaat etilganda senor, ayollarga — senora so‘zi ishlatiladi.

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling