Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar. Reja


Loklar va emalli bo‘yoqlar


Download 40.33 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi40.33 Kb.
#1618487
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar

Loklar va emalli bo‘yoqlar. Loklar tabiiy va sun’iy smolalarni organik erituvchilardagi eritmasidir. Loklar yuzalarga surkalganda yoki sepilganda organik erituvchilar bug‘lanishi natijasida asosga mustahkam yopishgan qoplama hosil qilishi kerak.
Lok qoplamalari sifatini oshirish uchun tarkibiga plastifikator, qotiruvchi va maxsus qo‘shimchalar kiritiladi.
Qurilish tizimida asosan moy-smolali, moysiz sintetik, bitumli (asfaltli), spirtli loklar va nitroloklar ishlatiladi.
Moy-smolali loklar organik erituvchilarda eritilgan o‘simlik moylari bilan modifitsirlangan tabiiy hamda alkid smolalardan (gliftalli, pentaftalli va boshq.) iborat qorishmadir.
Moy-smolali loklar asosan binolarning ichida moyli bo‘yoqlar ustidan qoplashda, yog‘och yuzalarni va konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. Bundan tashqari ular tashqi metall va yog‘och konstruksiyalarni qoplashda, emallarni suyultirishda, mastika va shpaklevkalar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Moysiz sintetik loklar asosan perxlorvinil smolasini organik erituvchilarda eritib olinadi.
Ular rangsiz, 200S haroratda 2 soat davomida quriydi. Moysiz sintetik loklar moyli bo‘yoqlar ustiga surtish, qurilish konstruksiyalarini atmosfera muhitidan himoyalash uchun ishlatiladi.
Karbamid-formaldegid polimeri asosida olingan moysiz sintetik loklar parket pollarni, yog‘och-tolali va yog‘och payraxali plitalarni, duradgorlik buyumlarini qoplash uchun qo‘llaniladi.
Bitumli yoki asfaltli loklar neft bitumlarini yoki asfaltni yoki ularning aralashmasini o‘simlik moylari bilan qorishtirib organik erituvchilarda eritib tayyorlanadi. Ular kanalizatsiyada ishlatiladigan cho‘yan quvurlarni, sanitariya-texnika uskunalarining metall qismlarini va boshqa er ostida ishlatiladigan metall konstruksiyalarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Toshko‘mir loki toshko‘mir pekining organik erituvchilardagi eritmasi bo‘lib, cho‘yan va po‘lat konstruksiyalarni korroziya muhitidan himoyalash uchun ishlatiladi.
Nitroloklar-nitrotsellyulozaning organik erituvchilardagi eritmasi bo‘lib, plastifikatorlar sifatida turli smolalar ishlatiladi. Ular tez quriydi va qotgach yaltiroq parda hosil qiladi. Nitroloklar yog‘ochdan tayyorlangan buyum va qismlarni loklash va bo‘yoq ustidan yaltiratish uchun ishlatiladi.

Download 40.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling