Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar. Reja
Download 40.33 Kb.
|
Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keramik mikrosferali bo‘yoqlar.
Kukun bo‘yoqlar. Kukun bo‘yoqlar qattiq polimerlar, o‘ta mayda to‘ldirgich, pigmentlar va modifitsirlovchi maxsus qo‘shimchalardan iborat dispers quruq qorishmalardir. Ularning dispersligi 10-100 m2kg oralig‘ida bo‘lib, o‘ta sochiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Kukun bo‘yoqlar tomchi-suyuq holatidan quruq eritma holatiga maxsus apparatlar vositasida o‘tkaziladi.
Kukun bo‘yoqlar yuzalarga surtilganda monotilizatsiyalanadi, ya’ni material zarrachalari birlashib va qotib kimyoviy muhitlarga chidamli qoplama hosil qiladi. Bog‘lovchi sifatida termoreaktiv (epoksid, poliefir, poliuretan) va termoplastik (polietilen, polivinilxlorid, poliamid) polimerlar ishlatiladi. Quruq bo‘yoq qorishmalari keng oraliqdagi haroratda va vaqt davomida shakllanadi. Himoyalanuvchi yuzaga quruq bo‘yoq tarkiblari maxsus pistolet yordamida qizdirilgan holda qoplanadi. Kukunli bo‘yoqlar yuqori mustahkamlik, zichlik, suv va korroziya muhitiga chidamlilik bilan oddiy bo‘yoqlardan farqlanadi. Hozirgi kunda quruq bo‘yoq tarkiblar rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Ularni tashish, saqlash tejamli, ishlatish esa juda qulaydir. Keramik mikrosferali bo‘yoqlar. CHoksiz issiqlik izolyasiyasi materiallari (CHIIM) mikrodarajada havo to‘ldirilgan o‘ta yupqa devorli keramik mikrosferalar asosida olingan yangi materialdir. CHIIMlar oq va rangli, cho‘ziluvchan, polimer bog‘lovchilarga keramik mikrosferalar qo‘shib tayyorlanadi. Uning 20oS haroratdagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti – 0,001 VT/MoS. Bo‘yoq qurigach engil, cho‘ziluvchan issiqlik izolyasiyasi qoplama materialga aylanadi. CHIIMlar yuzalariga -100S dan +2000S gacha haroratda surtiladi, -600Sdan +2500S gacha xaroratda 15 yilgacha ishlatilishi mumkin. Antikorroziya qoplamasi u bug‘ni o‘tkazadi, yuzaga katta kuch bilan yopishadi. CHIIM lar binolar fasadlar, ichki devorlar, tomlar, beton pollar, issiq va sovuq suv trubaprovodlari, paraprovodlar, sovutish tizimlari, havo o‘tkazuvchilar va sh.k. issiqlik izolyasiyasi va bezash uchun ishlatiladi. Keramik mikrosferali bo‘yoqlar quyidagi avzalliklarga ega: Metall, beton, g‘isht, cherepitsa, keramika, fasad, plastik, shisha va boshqa yuzalarga yuqori adgeziya; Neft mahsulotlari, tuzli eritmalarga, ishqorlarga, ultrabinafsha nurlarga, atmosfera muhitiga, harorat o‘zgarishiga bardoshli; Issiqlik saqlashda samarador. Issiqlik nurlarini 85% qaytaradi. Metall konstruksiyalarning deformatsiyalanishi oldini oladi; Qoplamali purkash jarayoni mehnat talabligi kam; +2600S kirishadi, +8000S parchalanadi va uglerod oksidi va azot oksidi ajratadi va olovni tarqalishini sekinlashtiradi. Ekologik xavfsiz, rN – 8,5 – 9,5. Download 40.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling