Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar. Reja
Spirtli loklar va politura
Download 40.33 Kb.
|
Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv-dispersiyali bo‘yoqlar (latekslar).
Spirtli loklar va politura tabiiy va sun’iy smolalarning spirtdagi eritmasi bo‘lib, tarkibiga pigmentlar aralashtirib turli ranglarda tayyorlanishi mumkin. Ular yog‘och yuzalarni pardozlash, shisha va metall buyumlarni qoplash uchun ishlatiladi.
Emalli bo‘yoqlar pigmentning lokdagi suspenziyasi bo‘lib, maxsus apparatlarda tayyorlanadi. Emalli bo‘yoqlar qotgach muayyan darajada qattiq, atmosfera muhitiga chidamli, 1-2 sut. davomida xona haroratida qurishi va chiroyli ko‘rinishda bo‘lishi talab etiladi. Sintetik emalli bo‘yoqlarga alkidli, perxlorvinilli emallar kiradi. Alkidli emallarga pigmentlarning gliftal, pentaftal, alkid-stirol va boshqa alkid loklardagi suspenziyalari kiradi. Bino va inshootlarni tashqi tomondan qoplashda gliftalli GF-13 va pentaftalli PF-14 emalli bo‘yoqlari ishlatiladi. Perxlorvinil emalli bo‘yoqlar (PXV) gruntovka qoplamali metall yuzalarni va betonli fasadlarni qoplash uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kremniyorganik polimerlar asosida emallar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Kremniyorganik polimerlardan tayyorlangan bo‘yoqlar qotgach atmosfera muhitiga va issiqqa bardoshli, gidrofob yuza hosil qiluvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday qoplamalar havo oqimini bemalol o‘tkazadi. Organik erituvchilarda tayyorlangan xlorkauchukli emallar suv va korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi. Ular metall va temirbeton konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Emallar tarkibida uchuvchi moddalar miqdorini kamaytirish qoplamalar sifatini oshirishga olib keladi. Suv-dispersiyali bo‘yoqlar (latekslar). Suv-dispersiyali bo‘yoqlar oddiy sharoitda bir-biri bilan aralashmaydigan moddalarni sirttarangligini keskin kamaytiruvchi emulgatorlar vositasida emulsiya holatiga keltirib olinadi. Suv-dispersiyali bo‘yoqlarda suv tashqi faza bo‘lib, bo‘yoq qoplamasi hosil qiladigan komponentlar ushbu fazada globula holatida bo‘ladi. Bo‘yoq yuzaga surkalganda suv qisman asosga shimiladi va bug‘lanadi, natijada emulsiya parchalanadi va globulalar bir-biriga yopishib silliq qoplama hosil qiladi. Qoplama havoda qurib qotgach, namlikka chidamli va havo oqimini o‘tkazuvchi qoplama hosil bo‘ladi. Bu usulda olingan latekslar inson organizmiga zararsiz, texnologik jihatdan qulay, yonmaydigan material bo‘lib, qoplama qalinligi va zichligini uning tarkibiga suv kiritib istalgancha o‘zgartirish mumkin. Suv-dispersiyali latekslar ichida eng keng tarqalgani polivinilatsetat emulsion bo‘yoqlardir. Ular polivinilatsetat polimerining suvdagi dispersiyasi bo‘lib, dibutilftalat bilan plastifitsirlanadi va xossalarini yaxshilash maqsadida tarkibiga pigment va modifitsirlovchi qo‘shimchalar kiritiladi. Olingan dispersion bo‘yoq atmosfera va nam sharoitga chidamli va beton, suvoq, yog‘och yuzalarga adgeziyasi yuqori bo‘ladi. Akrilat dispersion bo‘yoqlar akril polimerlarining suvdagi emulsiyasi bo‘lib, atmosfera muhitiga chidamli va uzoq muddat xizmat qiladi. Akrilat latekslari bino va inshootlarni tashqi tomondan va namlik bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan xonalarni bezashda ishlatiladi. Kremniyorganik polimerlar asosida olingan latekslar gidrofoblik xossasiga ega bo‘ladi. Ular issiq harorat ta’sirida uzoq muddat parchalanmaydi. Kremniyorganik latekslar bino, inshootlar va qurilish konstruksiyalarini qoplashda ishlatiladi. Butadienstirol emulsion bo‘yoqlar gliftal loklarning suvdagi dispersiyasi bo‘lib, yuqori sifatli bezak qoplamalari hosil qilishda qo‘llaniladi. Hozirgi kunda yuvilmaydigan, uzoq muddat xizmat qiladigan, arzon, mahalliy komponentlar asosida olinadigan suv-dispersiyali bo‘yoqlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Download 40.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling