Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar. Reja
Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar
Download 40.33 Kb.
|
Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sementli bo‘yoqlar
- Silikatli bo‘yoqlar
- Elimli bo‘yoqlar
- Pastali bo‘yoqlar.
2. Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar
Ohakli bo‘yoqlar so‘ndirilgan ohak bog‘lovchisi asosida olinadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini oshirish uchun tarkibiga kalsiy xlorid, osh tuzi, maxsus polimerlar kiritish kerak. Ohakli bo‘yoqlarning atmosfera muhitiga chidamliligi yuqori emas. Sementli bo‘yoqlar oq va rangli sementlar asosida tayyorlanadi. Ularning suv ushlashlik xususiyatini yaxshilash maqsadida tarkibiga ohakpushonkasi, kalsiy xlorid, polimerlar va boshqalar qo‘shiladi. Sementli bo‘yoqlar binolarning tashqi tomonidan va namlik yuqori bo‘lmagan xonalarni ichki tomondan beton va suvoq yuzalarni bezash uchun ishlatiladi. Silikatli bo‘yoqlar suyuq shisha tarkibida pigmentlar va aktiv mineral dispers kukunlarning (trepel, opoka, diatomit va sh.k.) suspenziyasi bo‘lib, suv muhitiga chidamlidir. Silikatli bo‘yoqlar bilan bino fasadlari bezatiladi, namlik yuqori bo‘ladigan xonalar hamda yonishdan saqlash maqsadida yog‘och konstruksiyalar himoyalanadi. Elimli bo‘yoqlar hayvon yoki o‘simlik elimlarining suvdagi eritmasida pigmentlar va bo‘r kukuni aralashmasidan tashkil topgan. Ular yuqori namlikka chidamli bo‘lmagani uchun quruq ichki xonalar suvoqli yuzalarini qoplashda ishlatiladi. Kazeinli bo‘yoqlar kazein, pigment, bo‘r, ohak va bura aralashmasini qurilish maydonida qaynoq suvda eritib olinadi. Bo‘yoq tarkibiga kiritilgan ohak uning suvga va atmosfera muhitiga chidamliligini oshiradi. Pastali bo‘yoqlar. Pastali bo‘yoq tarkiblari sintetik smola yoki polimerlarning suvdagi dispersiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi. Bo‘yoq tarkibiga kukun to‘ldirgich sifatida sement, gips, gipssement, gipssementputssolan va boshqalar ishlatiladi. Masalan, “Defas” pastasi tarkibi VD-VA-17 markali polivinilatsetat bo‘yog‘i, kvars qumi va marshalit asosida olinadi. Bino va inshootlarni bezashda pastali bo‘yoqlar asosida bir yo‘la 1000 mkm qalinlikdagi qoplamalar olish mumkin. Pastali bo‘yoqlar bilan binolar bezatilganda suvoqchilik ishlariga zarurat bo‘lmasligi mumkin. Pastali bo‘yoqlarni yuzalarga surkash yoki sepishni to‘la ravishda mexanizatsiyalashtirish imkoniyati bor. Download 40.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling