Семинар машгулотининг ишланмасини тайёрлаш 14. Лабаратория машгулотининг ишланмасини тайёрлаш 15. Психология фани доирасидаги мавзулар буйича кургазма, таркатма материаллар тайёрлаш


Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni


Download 18.62 Kb.
bet4/5
Sana09.01.2023
Hajmi18.62 Kb.
#1084928
1   2   3   4   5
Bog'liq
01. PED-PSIXOLOGIK FAN O\'Q. MET. AMALIY

3.Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni.
O’quv materiali qator xususiyatlarga ega: u bilimlarning O’qituvchidan o’quvchilarga siljishini aks ettiradi; unda ma`lumot va ta`lim mazmuni moddiylashadi; o’quv materiali darslikning bir qismi; ta`lim o’quv materialini o’rganishdan boshlanadi; o’quv materiali ma`lumot mazmuni va ta`lim mazmuni o’rtasidagi oraliq zveno hisoblanadi; ta`lim mazmuniga pedagogik ishlov berish o’quv materialidan boshlanadi.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, didaktik loyihalashning barcha ko’rinishlari ma`lumot mazmuni, ta`lim mazmuni tushunchalari bilan bog’langan.
«Ma`lumot mazmuni - yoshlarning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo’ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo’li bilan tanlangan bilimlar, ko’nikma- malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir» (Didaktika, - T., «Fan», 1997, 85 b) Ma`lumot mazmuni o’quv rejalari, dasturlari, predmetlari, darsliklari, qo’llanmalarida moddiylashtiriladi. Shunga qo’ra bular ma`lumot mazmunini loyihalash vositalari hisoblanadi.
Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmunidan tanlab olinadi. O’qitish va o’qish uchun sinfga olib kiriladigan bilim, ko’nikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, shakllantiriladigan munosbatlarni «ta`lim mazmuni»tushunchasi kontekstida qaraymiz. quv materiallari, o’quv elementlari, o’quv savollari, o’quv ko’rsatmalari, o’quv topshiriklari ta`lim mazmunining shakllari bo’lib, ularni loyihxalashda topshiriq, savol, muammo, test, mustaqil ish kabilar ta`lim mazmunini loyihalash vositasi bo’lib hisoblanadi.
Ta`limni didaktik loyihalash muammosi murakkab tizim sifatida quyidagicha tarkibiy qismlardan iborat: ma`lumot mazmuniga ijtimoiy talab - komil insonni yetishtirib chiqarish maqsadiga ko’ra didaktik ishlov berish.

Didaktik loyihalash muammosini tasavvur qilish darajalarini pastdan yuqoriga qarab raqamlab chiqamiz:


I o’quv materiali darajasi. Bunda «ta`lim mazmuni o’quv materialida moddiylashadi». Moddiylashtirish shakllari: o’quv topshirigi, muammosi, savoli, ko’rsatmalar, misol va masalalar, test, texnik vosita, chizma, jadval va boshqalar.

Download 18.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling