Семинар режаси: Konstitutsiyaviy huquqning tushunchasi, predmeti va tizimi
-Savol. «Fuqarolik tushunchasi», fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish tartibi
Download 173.38 Kb.
|
MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish
3-Savol. «Fuqarolik tushunchasi», fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish tartibi.
O’zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo’lish huquqiga ega. Hyech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko’rsatishni kafolatlaydi (Konstitusiyaning 22-moddasi). O’zbekiston Oliy Kengashi 1992 yil 2 iyulda «O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida» qonun qabul qildi. Ushbu qonunda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik, fuqarolikka olish, uni to’xtatish, ota-onalarning fuqaroligi o’zgarganda bolalarning fuqaroligini aniqlash kabi O’zbekiston fuqaroligiga doir masalalar ko’rsatilgan. Masalan, ushbu qonunga asosan, quyidagi shaxslar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari bo’ladilar: 1) ushbu qonun kuchga kirgan vaqtda O’zbekiston Respublikasida yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarosi bo’lmagan hamda O’zbekiston fuqarosi bo’lish istagani bildirgan shaxslar; 2) O’zbekiston Respublikasi fuqarolaridan tug’ilganlar; 3) O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilgan shaxslar; 4) O’zbekistonning xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha fuqarolikni olganlar; 5) davlat yo’llanmasi bilan O’zbekistondan tashqarida ishlayotgan, o’qiyotgan shaxslar, agar ular O’zbekistonda tug’ilgan bo’lsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan bo’lsalar, boshqa davlat fuqarosi bo’lmasalar va ushbu qonun kuchga kirgandan keyin kechi bilan bir yil ichida O’zbekiston fuqarosi bo’lish istagini bildirganlar. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar o’z iltimosnomalariga ko’ra, kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni bilan amalga oshiradi. Hujjatlarni Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi rasmiylashtiradi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga kirish uchun, qonunda ayrim shartlar belgilangan bunday shaxs: 1) chet el fuqaroligidan voz kechishi; 2) so’nggi besh yil davomida O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashagan bo’lishi (ushbu qoida O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu yerda tug’ilgan va hyech bo’lmasa ota-onasidan biri, buvasi yoki buvisi O’zbekiston Respublikasi hududida tug’ilganligini va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taalluqli bo’lmaydi); 3) qonuniy tirikchilik manbalariga ega bo’lishi; 4) O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini tan olishi va uning talablarini bajarishi shart. Download 173.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling