Семинар режаси: Konstitutsiyaviy huquqning tushunchasi, predmeti va tizimi


Download 173.38 Kb.
bet50/57
Sana08.05.2023
Hajmi173.38 Kb.
#1443908
TuriСеминар
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Bog'liq
MAVZU

Konstitusiyaviy prinsiplar:

  • O’zbekiston Respublikasi-suveren demokratik davlat

  • O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi «O’zbekiston-suveren demokratik respublika» ekanligini e’lon qiluvchi va qonuniy mustahkamlovchi qoidadan boshlanadi (1-modda). Davlat xalqning rasmiy vakili sifatida o’z fuqarolarining irodasini ifoda etadi. Faqat suveren davlatgina fuqarolarning huquq va manfaatlarini to’la hajmda ta’minlashi mumkin. Davlat suvereniteti deganda, davlat hokimiyatining ustuvorligi, uning mamlakat ichkarisida ham, xalqaro maydonda boshqa davlatlarga nisbatan ham to’la mustaqilligi tushuniladi. Suverenitet davlat hokimiyatining alohida xususiyati bo’lish bilan bir paytda, davlatning muhim belgisi ham hisoblanadi. Lug’aviy ma’noda «suverenitet» so’zi, lotincha supraneitas so’zidan olingan bo’lib, davlat hokimiyatining «oliy» kuchini bildiradi. Davlat hokimiyatining oliyligi, o’sha davlatdagi barcha huquqiy munosabatlarni belgilaganligida, umumiy huquqiy tartibotning o’rnatilganligida hamda davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyatlarini belgilanganligida namoyon bo’ladi. Davlat hokimiyati oliyligini bildiruvchi asosiy belgisi sifatida, shu davlatning butun hududida oliy davlat organi tomonidan chiqarilgan Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligi tan olinadi. Suveren davlat hokimiyatining asosiy xususiyati uning mustaqilligi hisoblanadi. Davlat hokimiyatining mustaqilligi, shu davlatning boshqa davlatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri, bevosita munosabatlarida o’z ifodasini topadi.

  • Davlat hokimiyatining amalga oshirilishi va taqsimlanishi

  • Hokimiyatning taqsimlanishi – demokratik huquqiy davlatning zaruriy sharti. Mazkur prinsipning qo’llanilishi hokimiyatning suiiste’mol qilinishiga to’siq qo’yadi, fuqarolarni mansabdor shaxslarning tazyiqidan himoya etadi, davlat idoralari faoliyatining samarali bo’lishi uchun shart-sharoit yaratadi. Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasi qadimiy g’oyaviy ildizlarga ega bo’lsa-da, mustaqil va bir butun siyosiy-huquqiy ta’limot sifatida XVII-XVIII asrlarda shakllangan. Uning asoschilari Djon Lokk va Sharl Lui Monteskyolardir. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi quyidagi asosiy belgilarga ega: birinchidan, davlat hokimiyatini amalga oshirish funksiyalari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati idoralari zimmasiga yuklatiladi.

  • Konstitusiya va qonun ustunligi

  • Konstitusiyaviy davlat – mamlakatning butun hududida va davlat faoliyatining barcha sohalarida Konstitusiya ustuvorligi, qolaversa joriy qonunlarning ustuvorligi ta’minlangan davlatdir. «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar» (15-modda). Mamlakatda chiqariladigan birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy xujjat Konstitusiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas (16-modda).

  • Tashqi siyosat

  • O’zbekiston Respublikasi tomonidan faol tashqi siyosatning amalga oshirilishi. bu o’rinda asosiy omil mamlakatimiz milliy manfaatlarining ustunligidir. O’zbekiston tashqi siyosat sohasida xalqaro huquqning to’la huquqli subyekti bo’lib, Konstitusiyada mustahkamlangan quyidagi qoidalardan kelib chiqadi: davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro huquqning umum e’tirof etgan boshqa qoidalari va normalarini tan olish va hakozo (17-modda).



  • Download 173.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling