Shaxs huquqiy holatining tarkibiy qismlari
1. Davlat bilan alohida shaxsning huquqiy aloqasi shaxsning shu davlatga mansubligi bilan, ya’ni shu davlatning fuqarosi bo’lishi yoki shu davlat hududidagi ajnabiy shaxs bo’lib yoxud fuqaro bo’lmagan holda yashashi bilan belgilanadi.
2. Shaxs huquqiy holatining ikkinchi tarkibiy qismi shaxsning umumiy huquqiy layoqatidir. Bu tarkibiy qism fuqarolik bilan chambarchas bog’langan bo’lib, undan mantiqan kelib chiqadi va uning mazmunini aniqlashtiradi. Fuqarolik ham, huquqiy layoqat ham davlat bilan har bir fuqaro o’rtasidagi mustahkam aloqani bildiradi.
3. Shaxs huquqiy holatini yanada aniqlashtiradigan tarkibiy qismlardan biri fuqarolarning Respublika Konstitusiyasi va qonunlari bilan belgilab qo’yilgan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlaridir. Fuqarolar huquqiy holatining tarkibiy qismlari ichida O’zbekiston xalqlarining huquqi va erkinliklari markaziy o’rinni egallaydi, chunki davlat bilan shaxs o’rtasidagi aloqalarning asosiy qismi ushbu huquq va erkinliklar asosida kelib chiqadi.
4. Shaxs huquqiy holatinining yana bir tarkibiy qismi fuqarolar huquqiy holatining prinsiplaridir. Insonparvarlik; jamiyat manfaati bilan shaxs manfaatlarining mos kelishi, guruh, partiya va davlat manfaatini inson manfaatidan yuqori qo’ymaslik; fuqarolar huquq va majburiyatlarining umumiyligi, birligi va tengligi kabilar kiradi. Bu prinsiplarga asoslanib, shaxs huquqiy holatining qanday ekanligini bilish mumkin.
5. Shaxs huquqiy holatining to’liqligi va haqiqiyligini bildiruvchi tarkibiy qism sifatida shaxslarning Konstitusiyada ko’rsatilgan huquq va erkinliklarining amalga oshish mexanizmi borligi va ularning kafolatlanganligini ko’rsatib o’tish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida shaxs huquqiy holatining prinsiplari
Shaxs huquqiy holatining asosida quyidagi prinsiplari: 1) insonparvarlik; 2) jamiyat manfaati bilan shaxslar manfaatining mutanosib (moslashtirilgan) tarzda olib borilishi; 3) huquq va majburiyatning umumiyligi; 4) huquq va majburiyatning tengligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |