Serifikatlashtirish asoslari
Standartlashtirish bo‘yicha Fransuz assotsiatsiyasi
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- DIN GEPRUFT
Standartlashtirish bo‘yicha Fransuz assotsiatsiyasi (AFNOR) – sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarini va faoliyatni amalga oshiradi.
Sertifikatlashtirishning tashkiliy tuzulishi va tarmoq standartlashtirish tizimi bilan milliy standartlar talablariga muvofiq reja asosida doimiy o‘zaro faoliyat olib borib yangi standart va me’yorlarni ishlab chiqadi. AFNOR, sertifikatlashtirish faoliyatini davlat idorasi sifatida va quyidagi tarmoqlar miqyosida boshqaradi: Fransuz tashqi savdo markazi (CNCE), Texnik reglamentlar va me’yorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar markazi (CINR), Elektrotexniklar Kengashi (UTE). 4.2.4. Germaniyada sertifikatlashtirish faoliyatiGermaniyada sertifikatlashtirishning asosi bo‘lib Federal hokimiyat miq’yosida qabul qilingan qonunlar xizmat ko‘rsatadi. Bular o‘z ichiga sog‘liqni himoya qilish, tabiatni muhofaza qilish, mehnat xavfsizligini, iqtisodiyot resurslarini, iste’molchilarning huquqlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan qonunlarni qamrab oladi. Bu qonunlarga asosan 1968 yilda qabul qilingan «Jihozlarning xavfsizligini ta’minlash» qonuni kiritilib, bu konunning asosi bo‘lib tabiatni muhofaza qilish qonunlari xizmat kilgan. Ishlab chiqaruvchi yoki chetdan mahsulot olib kiruvchining mahsuloti texnik nazoratdan va federal hokimiyat tarafidan tekshirilgan bo‘lsa, u tekshirilganlik «xavfsizlik belgisi»ni qo‘yishi mumkin bo‘lgan. Sertifikatlashtirish bo‘yicha Germaniyada faoliyat olib boradigan asosiy ettita tizim mavjud bo‘lib, ularning doirasida 400 dan ortiq boshqarmalar ish yuritadilar. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha eng faol ish olib boruvchi tashkilot sifatida DIN standartlariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha ish olib boradigan Germaniya instituti (DIN) bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotlar ushbu institut tizimidagi sertifikatlashtirish tashkilotidan o‘tgandan so‘ng unga DIN belgisi qo‘yilishiga ruxsat beriladi, bu belgi gaz, suv apparatlaridan tashqari barcha mahsulotlarga ishlatiladi. Elektr tarmoqlarini sertifikatlashtirish Germaniya elektrotexniklar kengashi (VDE) orqali bajariladi. Ilmiy tekshirish institutlarida va sinov laboratoriyalarida mahsulotni nazorat qilish ishlari olib boriladi. Germaniyada umummilliy sertifikatlashtirish tizimiga quyidagi tizimlar kiradi: A – reglamentlarga muvofiq sertifikatlashtirish tizimi;
D – qurilish konsruksiyalarini federal me’yorlariga muvofiqligini nazorati uchun tizim; E – etalon va o‘lchash vositalarini sertifikatlashtirish tizimi. Metrologiya sohasida Federal idora bo‘lib Federal fizika-texnika instituti hisoblanadi; F – Germaniya sanoat qonunchiligining 24 bo‘limiga muvofiq sertifikatlashtirish tizimi. Bu tizim bug‘ qozonlar, yuqori bosimli idishlar, yonuvchi suyuqliklarni tashish, portlashdan himoyalangan elektr qurilmalari va ko‘tarish qurilmalarini sertifikatlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling