Serifikatlashtirish asoslari


-Mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI


Download 0.61 Mb.
bet22/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

5-Mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SERTIFIKATLASHTIRISH FAOLIYATI


Reja:
5.1. O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish tizimi


5.2. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bosqichlari
5.3. O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi


5.1. O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish tizimi


O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimining quyidagi sertifikatlashtirish turlari amalga oshiriladi:



Majburiy sertifikatlashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maxsus ro‘yxatga kiritilgan, ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan, sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar kiradi.
YUkoridagi ro‘yxatga, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mulkining xavfsizligini, atrof muhitni muhofaza qilish, o‘zaroalmashinuvchanlik va moslashuvchanlikni ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda talablari belgilangan, mahsulotlar yoki xizmatlar kiritiladi. Bu ruyxatdan tashkari Oliy Majlis tomonidan qabul kilinadigan Qonunlarga asosan, Prezident farmonlariga asosan ma’lum xizmatlar va mahsulotlar uchun ham xudi shunday talablar qo‘yilishi mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, hamda hukumat qarorlariga asosan ro‘yxatga kiritilmagan xizmatlar yoki mahsulotlar kirishi mumkin, bu vaqtda ishlab chiqaruvchi, etkazib beruvchi yoki iste’molchilar (keyinchalik - so‘rovchi) tashabbusi bilan ixtiyoriy tartibda sertifikatlashtirish o‘tkaziladi.

5.2. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bosqichlari


Milliy sertifikatlash tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari so‘rovchi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi bo‘yicha aniqlangan tizim doirasida olib boriladi. Sertifikatlashtirish tartibi va uning o‘rnatilgan qoidalari mavjud bo‘lib, sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlari sertifikatlashtirish ob’ekti va turlariga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarmas jarayon deb hisoblash mumkin. Odatda qabul qilingan va sertifikatlashtirish jarayonining umumiy sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Buni quyidagi beshta asosiy bosqichga bo‘lishimiz mumkin:


1. Sertifikatlashtirishga ariza.
2. Sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul kilish.
3. Sertifikatlashtirish ob’ektini muvafiqligini o‘rnatilgan talablar bilan baholash
4. Muvofiqlikni baholash natijalarini tahlili va uni rasmiylashtirish.
5. Sertifikatlashtirish ob’ekti ustidan inspeksiya nazorat.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling