Serifikatlashtirish asoslari
Xitoy sertifikatlashtirish tizimi
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
4.2.6. Xitoy sertifikatlashtirish tizimiXitoy Xalq Respublikasi (XXR)da standartlashtirish faoliyati davlat qonunlari va qarorlari orqali boshqariladi va takomillashtiriladi, bu qonun va qarorlar Xitoy xalq vakillar yig‘ilishida (XXVY) yoki Xitoy yuqori tashkilotlar idoralari huquq doirasida qabul qilinadigan farmoyish va buyruqlar asosida bajariladi. Metrologiya, standartlashtirish, mahsulotning sifatini nazorat qilish, eksport va import mahsulotlari bo‘yicha qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini topgan. 1991 yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasida (XXR) sertifikatlashtirish, mahsulotlarni sifatini aniqlash bo‘yicha qoidalar ishlab chiqilgan. Mahsulotning sifatini aniqlovchi eng asosiy tashkilotlardan biri Davlat texnik nazorat byurosi (DTNB) va Davlat import-eksport tovarlarining boshqarmasi (DIETB) eksportga chiqariladigan va import bo‘yicha olib kiriladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni nazorat qiladi. Xitoyda milliy standartlarga amal qilish, sog‘liqni saqlashdagi talablar, ekologiya va insonlarni muhofaza etish talablari majburiydir. Qolgan standartlar faqatgina qo‘llanishga tavsiya etilib, ammo sertifikatlashtirish tizimi talablariga ko‘ra import bo‘yicha mamlakatga mahsulotlarni olib keluvchi shaxslarda sifat sertifikati bo‘lishi shartligi belgilangan. Bu hollarda mahsulot tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng talablarga javob berganligi tasdiqlansa unga sertifikat beriladi. Xitoyda import va eksport mahsulotlar uchun quyidagi belgilar mavjud: - Sog‘liq uchun xavfli emas belgisi – CCIB uning rangi havo rangda bo‘lib, H indeksi bilan belgilangan bo‘lsa «sog‘liq» belgisi sifatida qabul qilinadi. - Xavfsizlik belgisi - CCIB harflari sariq rang bo‘lib, S indeksi bilan belgilangan bo‘lsa «xavfsiz» deb qabul qilinadi. - Sifat belgisi - CCIB harflari qizil rangli bo‘lib, Q indeksi bilan belgilangan bo‘lsa «sifat» li deb qabul qilinadi. YUqorida aytib o‘tgan belgilarimizni ishlatishga ruxsat, mahsulot o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng beriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling