Serifikatlashtirish asoslari
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibi
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
5.3.3. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibiMuvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish sertifikatlash idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish idorasini tanlash arizachi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Ariza beruvchi istalgan vaqtda, sertifikatlashtirish idoralari esa arizachining birinchi talabi asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: a) majburiy tarzda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulot turlarining ro‘yxati yoki ro‘yxatdan ko‘chirma; b) Idora sertifikatlashtirish doirasiga taalluqli bo‘lgan mahsulotni sertifikatlash qoidalari; v) sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlar narxlari (tariflari) preyskuranti; g) davlat vakolatli organida akkreditatsiya qilinganlikni tasdiqlovchi hujjat. Sertifikatlashtirish idorasi, ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar nusxalarini taqdim etganda ularning nusxalarini tayyorlash uchun ketgan harajatlarnigina so‘rovchidan undirishga haqli. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi sertifikatlashtirish idorasiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi; mahsulotni yorliqlash namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot); gigienik sertifikat nusxasi. Ariza beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigienik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga ariza berilgan taqdirda gigienik sertifikat nusxasi talab etilmaydi. CHetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi: ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi (u mavjud bo‘lganda); mahsulotni yorliklash namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot); bojxona hududiga etib kelganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ilova hujjat (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura)lar nusxasi. Ariza nazarda tutilgan taqdirda, sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish ishlarini gigienik sertifikat (veterinariya va fitosanitariya xulosalari) nusxalarini olish muddatini hisobga olgan holda kechiktirib boshlashi mumkin. Bu holda sertifikatlashtirish idorasi muvofiqlik sertifikatini faqat ariza beruvchi tomonidan ijobiy natijalarga ega bo‘lgan hujjatlarning barcha zarur nusxalari taqdim etilgandan keyin berishga haqlidir. Sertifikatlashtirish idorasi ariza berilgan kundan boshlab ikki kun muddatda joyiga borib sertifikatlash sinovlarini o‘tkazish uchun mahsulot namunalarini tanlab oladi va identifikatsiya qiladi. Namunalar soni, tanlab olish tartibi, identifikatsiya qilish va saqlash qoidalari mahsulotga berilgan me’yoriy hujjatlarda belgilanadi. Ariza beruvchi o‘z mahsulotining tanlab olinishida va sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Namunalarning saqlanishi, sifati va sinovlarining ishonchliligi uchun sinov o‘tkazishga taqdim qilingan laboratoriya (markaz) javobgar hisoblanadi. Sinovlar bo‘yicha bayonnomalarini mas’ul mutaxassislar imzolaydi va laboratoriya rahbari tasdiqlaydi. Ariza beruvchi sertifikatlashtirish idorasiga akkreditatsiya qilingan laboratoriyalardagi mahsulot sinovlari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Agar mahsulotni alohida ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlar turli sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda sinovlarning ijobiy natijalari bilan birga barcha zarur bayonnomalarning mavjudligi mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligining ijobiy bahosi hisoblanadi. Respublikaga chetdan keltiriladigan, majburiy tartibda sertifikatlanishi kerak bo‘lgan mahsulotga me’yoriy hujjat mavjud bo‘lmaganda, sifat va xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish sinovlari mahsulotning ana shunday turlari talablariga muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladi. Arizachi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mahsulotga zarur me’yoriy hujjat yoki texnik tasnifnomalar taqdim etilmagan taqdirda, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning ana shunday turlariga hujjatlar bo‘yicha yoki gigienik sertifikat asosida, uni identifikatsiya qilgan holda amalga oshiriladi (oziq-ovqat mahsulotiga va oziq-ovqatga qo‘shiladigan qo‘shimcha mahsulot uchun). Laboratoriya sinovlarining salbiy natijalari, shuningdek hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan komplektini taqdim etish muvofiqlik sertifikati berishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bu to‘g‘rida sertifikatlashtirish idorasi ariza beruvchiga aniq qonunchilik normalarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabar qiladi. Xulosa berishni rad etganlik yuzasidan ariza beruvchi belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Sertifikatlashtirish idorasi taqdim etilgan hujjatlar va sinovlarning ijobiy natijalari asosida ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi. Muvofiqlik sertifikati chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga, ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun esa - 3 yilga beriladi. Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulotga muvofiqlik sertifikati berish uchun sertifikatlashtirish idorasi ariza beruvchidan mahsulotni ko‘plab ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar mavjudligini aniqlash maqsadida mahsulot ishlab chiqariladigan ob’ektlarni belgilangan tartibda tekshiradi. Tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, undan muvofiqlik sertifikati berish to‘g‘risida qaror qabul qilishda foydalaniladi. O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muvofiqlik sertifikatida keltiriladi. Tekshirishni o‘tkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga ko‘ra, sinovlar uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak. Tekshirish o‘tkazilganligi uchun to‘lov amalda sarflangan vaqt bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar kalkulyasiyasiga binoan undiriladi. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish idorasi tomonidan sinovlar natijalari olingan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi kerak. Ko‘plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati bergan sertifikatlashtirish idorasi har yili kamida bir marta, mahsulotning sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida, sertifikatlashtirilgan mahsulotni inspeksiya nazorati tekshiruvini o‘tkazadi. Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tasdiqlanishi yoki to‘xtatib turilishi yoxud belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin. Laboratoriya sinovlarini o‘tkazganlik, sertifikatni rasmiylashtirganlik va berganlik uchun to‘lov tartibi, litsenziya ajratmalari miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda "O‘zstandart" agentligining yo‘riqnoma hujjatlari asosida belgilanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling