Serifikatlashtirish asoslari


Download 0.61 Mb.
bet35/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

Mahsulot atamasi “jarayon natijasi” sifatida ifoda etiladi. Buning uchun mahsulot xavfsiz bo‘lib va yaxshi sifatga ega bo‘lishi va shuni unutmaslik kerakki, u qandaydir talablarga muvofiq bo‘lishi va bu muvofiqlikning ishonchli isbotlashni qandaydir ifodasini ta’minlanishi shart. O‘z DSt ISO 9000:2009 standarti mahsulotlarning asosiy to‘rt turini ifoda etadi: qurilmalar, qayta ishlanadigan materiallar, xizmatlar va dasturiy ta’minot. “Muvofiq” so‘zi esa “o‘rnatilgan talablarni bajarilishi” ma’nosini anglatadi. Mahsulotlarga birinchi navbatda xavfsizlik bo‘yicha reglamentlarda hamda hukumat tomonidan tasdiqlangan reglamentlar bilan uyg‘unlashgan me’yoriy hujjat (standart, texnik shart)larda talablar o‘rnatilgan.
Muvofiqlikni tasdiqlashda ikkita asosiy yondashuv mavjud bo‘lib, bular mahsulotlarni sertifikatlashtirish va deklaratsiya qilinishidir. Muvofiqlik haqidagi deklaratsiyani taqdim qilish yoki sertifikatni berish muvofiqlikni tasdiqlashning natijalari bo‘lib hisoblanadi. Muvofiqlikni tasdiqlashni iste’molchilar ham amalga oshirishlari mumkin lekin, bunda rasmiy hujjat to‘ldirilmaydi.
Sertifikatlashtirish deganda “mahsulot, jarayon, tizim yoki xodimlarning berilgan talablarga muvofiqligini yozma ravishda tasdiqlovchi uchinchi tomon yordamidagi jarayon” tushuniladi. Sertifikatlashtirish mos ravishda barcha ob’ektlar muvofiqligini baholashni istesno qilish uchun xuddi muvofiqlikni baholash bo‘yicha idoralarda ba’zi hollarda “akkreditlash” atamasi ham qo‘llaniladi.
Deklaratsiyalash vaqtida mahsulot muvofiqligini tasdiqlashni ishlab chiqaruvchining o‘zi yoki uning rasmiy vakillari (etkazib beruvchilari) ham amalga oshirishadi.
Uchinchi tomon, bu mahsulotni baholash va sinashga layoqatli idora bo‘lib, u etkazib beruvchilardan (birinchi tomon) va iste’molchilardan (ikkinchi tomon) ham mustaqil bo‘lishi lozim.
Bunda muvofiqlikni sertifikatlashtirish deganda “mahsulotni muayyan me’yoriy hujjatga muvofiq kerakli ishonchlilik bilan ta’minlangan hamda identifikatsiyalangan tarzdagi tasdiqlovchi va sertifikatlashtirish qoidalari bo‘yicha berilgan hujjat” tushuniladi. Deklaratsiya esa etkazib beruvchi muvofiqlik to‘g‘risidagi – ushbu “etkazib berilayotgan mahsulotni muayyan me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini (yaratilganligini javobgarlik bilan isbotlash) yozma ravishda kafolatlash” tushuniladi.
Sertifikat yoki deklaratsiya me’yoriy hujjatlarning barcha talablariga nisbatan nisbiy bo‘lishi hamda uning alohida bo‘limi yoki mahsulotning muayyan tavsiflari hujjatning o‘zida aniq qilib aytib o‘tilgan bo‘ladi. Sertifikatga yoki deklaratsiyaga taqdim qilinayotgan ma’lumotlar, muvofiqlikni baholash natijalari bilan uni solishtirish, yuzaga kelgan asoslashni bu hujjatlarda rasmiylashtirish imkoniyatlarini ta’minlash lozim.
Muvofiqlikni baholashni belgilangan talablarga muvofiqlik darajasi hamda bunga aloqador faoliyat turlarini sinash, o‘lchash, nazorat va audit sifatida muntazam (doimiy suratda) tekshirish deb hisoblash mumkin (14.2-rasm).


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling