Serifikatlashtirish asoslari
Muvofiqlikni baholash bo‘yicha xalqaro va xorijiy tajribalar
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAngicha yondashuvning asosiy tamoyillari
Muvofiqlikni baholash bo‘yicha xalqaro va xorijiy tajribalarDunyo amaliyotida mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar xavfsizligini ko‘plab nazorat usullari va jarayonlarini turli xil idoralar (tashkilotlar) bajaradi. Bu mahsulot xavfsizligi va sifati nazorati bo‘yicha faoliyatni buyurtma mahsulot qabul qilish va mahkamaviy tekshiruv, sanitar-gigienik nazorat davlat idoralari, standartlarga rioya qilish ustidan davlat nazoratlarini milliy iste’molchi tashkilotlar bajaradi. Muvofiqlikni tasdiqlashning umumiy ko‘rinishi 14.3-rasmda keltirilgan. Ushbu rasm muvofiqlikni baholash tizimida qanday faoliyat turlarini akkreditlashtirish mavjudligini anglatadi. Deklaratsiyani qabul qilish uchun deklarantni akkreditlash talab qilinmaydi. Ayni vaqtda deklaratsiya asosining qoidasi sifatida baholash natijasi kiradi, ya’ni akkreditatsiya talab qiluvchi masalan, sertifikatlashtirilgan sifat menejmenti tizimi yoki mahsulotni sinashda akkreditlangan laboratoriyalar bo‘lishadi. Ro‘yxatga olish jarayoni deganda muvofiqlik reestriga baholash ob’ektini ro‘yxatga kiritish tushuniladi. Masalan, akkreditlovchi idora chop etayotgan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar reestri bo‘lib milliy sertifikatlashtirish idorasi va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi yoki akkreditlangan laboratoriyalar reestrlari hisoblanadi. Barcha rivojlangan davlatlar uchun mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar xavfsizligi nazoratiga quyidagicha yondashuv tavsiflanadi. 14.3-rasm. Muvofiqlikni tasdiqlash turlari. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xavfsizligi uchun mas’uliyatli xususiy biznes an’analarining murakkab rivojlanishi va xavfsizligi, uni tekshirish, sinash va yaroqsiz qilish sohasida taraqqiy etgan yaxshi qonunchilik mavjud bo‘lishini ishlab chiqaruvchilar umid qilishadi. Davlat nazorat idoralari yalpi tekshiruvni o‘tkazishmaydi, balki faqat adolatsiz ishlab chiqaruvchilar munosabatlari bo‘yicha sotuvchi tomonlar yoki uning vakili murojaat qilganida sud tartibida kerakli choralarni qabul qiladi. Xalqaro talablarga muvofiq muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlar (sertifikatlashtirish organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari, inspeksiya organlari) akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlarni akkreditatsiyalash Akkreditatsiya bo‘yicha organ tomonidan amalga oshiriladi. ISO/IEC 17000 “Muvofiqlikni baholash. Lug‘at va umumiy prinsiplar” standartiga muvofiq, akkreditatsiyalash - muvofiqlikni baholashga tegishli bo‘lgan, muvofiqlikni baholash bo‘yicha muayyan vazifalarni bajarish uchun uning kompetentligining rasmiy isboti bo‘lib xizmat qiluvchi, uchinchi taraf tomonidan muvofiqlikni tasdiqlashdir (14.4-rasm). Boshqacha qilib aytganda, akkreditatsiyalash - Akkreditatsiya bo‘yicha organ tomonidan Muvofiqlikni baholash bo‘yicha organni belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va ijobiy hollarda uning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash jarayonidir. Muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlarga qo‘yilgan talablar Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO)ning tegishli standartlarida belgilangan. Masalan, mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga qo‘yilgan talablar ISO/IEC 65, sinov va kalibrlash laboratoriyalariga qo‘yilgan talablar ISO/IEC 17025, inspeksiya organlariga qo‘yilgan talablar ISO/IEC 17020 standartlarida belgilangan. Akkreditatsiya bo‘yicha organlarga qo‘yilgan talablar esa ISO/IEC 17011 standartida belgilangan. Akkreditatsiya bo‘yicha organ muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlarning vakolatini baholaydi. Akkreditatsiya bo‘yicha organ akkreditlangan muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlarning muvofiqlikni baholash natijalarini xalqaro miqyosda tan olish yo‘li bilan savdoga ko‘maklashishi mumkin. Bunday baholash, agar bir xil mezonlar bo‘yicha o‘tkazilgan va Akkreditatsiya bo‘yicha organ bilan o‘zaro tan olish bitimiga a’zo bo‘lsa, nufuzli bo‘ladi. Majburiy muvofiqlikni tasdiqlash sertifikatlashtirish va sinash hamda texnik shartlarga global yondoshish va standartlarni texnikaviy uyg‘unligiga YAngicha yondashuv doirasida ishlatiladi. Muvofiqlikni baholashga YAngicha yondashuvning asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi. mahsulotga majburiy talablari (xavfsizlik talablari) direktivlarda (qonuniy aktlarda) o‘rnatiladi. Ularda muvofiqlikni baholash uchun qo‘llaniladigan jarayonlar ko‘rsatilishi lozim; mahsulotga muayyan talablar ixtiyoriy statusiga ega bo‘lib, u standartlarda o‘rnatiladi. Standartlar direktivalar talablariga uyg‘unlashgan qoida sifatida bo‘ladi; mahsulot uyg‘unlashgan standartlarga muvofiq yaratilgan bo‘lsa, uni direktivalar talablariga muvofiq deb hisoblash mumkin; mahsulot muvofiqligini tasdiqlash jarayoni uyg‘unlashgan standartlarga asoslanadi; agar tayyorlovchi uyg‘unlashgan standartlardan foydalanishni xohlamasa, unda uchinchi tomon yordami bilan, u, mahsulotni direktivalar talablariga muvofiqligini isbotlashga majbur. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling