Serifikatlashtirish asoslari
Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3.3. Nazorat idoralari
7.3.2. Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralariSifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishadi: Sifat tizimlarini dastlabki baholashini o‘tkazadi va sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun kontraktlar tuzadilar; ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish usuliyatlarini va sifat tizimlarini tekshirish dasturlarini ishlab chiqadilar; sifat tizimi yoki ishlab chiqarishning auditini o‘tkazadi; sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlarini rasmiylashtiradi, sertifikatni beradi va tan oladilar; sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar ustidan inspeksion nazoratni amalga oshiradilar; sertifikatlashtirish natijalari haqida ma’lumot beradilar. Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar sifatida «O‘zstandart» agentligining hududiy idoralari, SMSITI, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va boshqa ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga tobe bo‘lmagan va belgilangan talablarga javob beradigan boshqa tashkilotlar akkreditlanishi mumkin. 7.3.3. Nazorat idoralariO‘z SMTda Nazorat idoralari quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradilar: Sertifikatlashtirilgan mahsulot va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat o‘tkazish; Sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralari va sinash laboratoriyalari (markazlari) ustidan nazorat o‘tkazish; Buyurtmachilarning buyurtmalariga muvofiq ob’ektlarni tahlil qilish va baholash hamda to‘g‘rilovchi tadbirlarini nazorat qilish; Nazorat natijalari bo‘yicha appelyasiyalarni ko‘rib chiqish. Bunday idoralar sifatida «O‘zstandart» agentligining maxsus vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlari, boshqarishning boshqa davlat idoralari, shuningdek, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralarning bo‘limlari va O‘z DSt 5.4 standartida o‘rnatilgan talablarga javob beruvchi boshqa tashkilotlar akkreditlanishi mumkin. 8-mavzu: Muvofiqlikni tasdiqlash va baholash uchun mahsulotni sinash Muvofiqlikni baholash mahsulot, jarayon, tizimga nisbatan o‘rnatilgan talablarni shaxslar yoki idoralar tomonidan baholashni amalga oshirishni bajarilishini tasdiqlash zaruriyati bilan bog‘liqdir. Muvofiqlikni tasdiqlash mahsulot, jarayon, tizim, shaxslar yoki idoralarni xalqaro, hududiy yoki milliy standartlarga tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan talablarning bajarilishini kafolatlashda xizmat qiladi (14.1-rasm). Xalqaro standartlarni hamma tomonlama uyg‘unlashtirish va darajali tan olinishi savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish va raqobatni rivojlantirishning samarali vositalaridan biridir. Fan-texnikaning shiddatli rivojlanishi, ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlarini yagona iqtisodiy siyosat asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi hamda xalqaro savdo-sotiqni kengaytirishda muvofiqlikni baholash tizimi va bajariladigan jarayonlarni birxillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. SHuni tasdiqlab o‘tish kerakki, barcha tizimlar va muvofiqlikni baholash jarayonlarida barcha qiziquvchi tomonlarni jalb qilish, ochiq-oydinlik va savdoda ortiqcha to‘siqlarni yaratmaslik, haq-huquqlarini cheklamasligini ko‘zda tutib maqsadli harakat qilinishi kerak. SHu maqsadda dunyo bo‘yicha tan olingan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkiloti barcha mamlakatlar, ya’ni rivojlanayotgan davlatlar uchun ham muvofiqlikni baholash tizimida qator xalqaro standartlarni amaliy aniqlab bergan. Muvofiqlikni baholashning asosiy tamoyillari ISO/IEC 60 xalqaro qo‘llanmasida keltirilgan. Muvofiqlikni baholash faoliyatida qatnashuvchi barcha tashkilotlar jumladan, muvofiqlikni baholash va akkreditlashtirish bo‘yicha idoralar quyidagi shartlarni bajarishlari lozim: xalqaro standartlar va ISO/IEC qo‘llanmalariga asoslanib o‘z faoliyatlarini olib borishi; o‘zining texnik layoqatligini saqlab turish, ya’ni muvofiqlikni baholash natijalarining tan olinishini soddalashtirish va mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarni o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini etarli darajada kafolatlashi; barcha maxfiy ma’lumotlarni himoyalashi; o‘z faoliyatini kasbiy halollik bilan amalga oshirishi, odob-axloq tamoyillariga rioya qilish va kamsitmaslikka qaratilgan tarzda va tomonlarni barcha nizolaridan o‘zini chetga olishi; adolatli va samarali tarzda tezkorlik bilan ishlashi, talabnomani ko‘rib chiqishi va baholashni bajarishi; shikoyat yoki apellyasiya holatlarini ko‘rib chiqishda adolatli va samarali tarzda, tezkorlik bilan to‘g‘rilovchi amallarni amalga oshirishi zarur; muvofiqlikni baholash, muvofiqlik guvohnomasini berish haqidagi tasdiqlovchi qaror yoki uni rad etilishi, bekor qilish, to‘xtatish va faoliyatga chek qo‘yish bo‘yicha faoliyatlari haqidagi yozuvlarni yuritish hamda saqlashi; barcha arizachilarga taklif etilayotgan xizmatlar va uning uchun to‘lov shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishga tayyorligi hamda beriladigan sertifikatlar, akkreditlash sohasi va hokazolar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi; o‘zining layoqatliligini muvofiq mexanizmlardan (masalan, akkreditlash, ekspert baholash) foydalanish yo‘li bilan namoyish qilishi; muvofiqlikni baholash jarayoni haqida muvofiq hujjatlashtirilgan ko‘rsatma bilan hisobotni, zaruriyat bo‘lsa, aniqlangan nomuvofiqliklarni yoki talab qilingan to‘g‘rilovchi amallarni arizachiga taqdim etishi; muvofiqlik belgisidan foydalanilgan holatlarda bu belgi bilan bog‘liq bo‘lgan noto‘g‘ri foydalanishlardan himoya qilish uchun qo‘llash qoidalari yoki shartlarini ta’minlashi; rivojlanayotgan mamlakatlar ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni va rivojlangan mamlakatlar faoliyati natijalaridan foydalanishni hisobga olish. Asos soluvchi ISO/IEC 17000 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlikni baholash bu “mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarga berilgan talablarni bajarilishini asoslash yoki isbotlash” deb ifodalangan. Bunda muvofiqlikni baholash deganda, shunday faoliyat turlari ya’ni sinov, nazorat, muvofiqlikni tasdiqlash hamda muvofiqlikni baholash bo‘yicha akkreditlangan idoralar tushuniladi. Sinov laboratoriyalari, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va nazorat idoralari hamda muvofiqlikni baholash bo‘yicha idoralarni akkreditlashda idoralarning muvofiqlikni baholash bo‘yicha amalga oshirilayotgan faoliyatlari muvofiqlashtiriladi. “Muvofiqlikni tasdiqlash” jarayoni “arizani, ob’ektni tekshiruvdan so‘ng belgilangan talablarni bajarishini isbotlanganligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi asosida (sertifikat ko‘rinishida rasmiy hujjat yoki muvofiqligi to‘g‘risida deklaratsiya) berish” sifatida ifodalangan jarayondir. ISO/IEC 17000 standarti bo‘yicha akkreditatsiya bu “muvofiqlikni tasdiqlovchi uchinchi tomon, muvofiqlikni baholash bo‘yicha idoraga tegishli bo‘lib, muvofiqlikni baholash bo‘yicha muayyan topshiriqlarni bajarish uchun uning layoqatliligini rasmiy isbotlashda xizmat qiladi”. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling