Sezgilar haqida umumiy tushuncha sezgining inson hayotidagi faoliyati va o'rni
Download 77.76 Kb.
|
1-15 psixol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining xususiyatlari
ASOSSIZ HUYSUZLUK JOHILLIK
Juda tez-tez maktabgacha bolalar ota-eshitish mumkin, bola o'ta huysuzluk johillik tushib. Aslida, bu shunchaki mumkin emas. asab soqchilik qutilish uchun, har doim sababini topish uchun bo'lishi kerak: rejim yo'qligi. Yoshi xususiyatlari toddlers vaqti, ularni juda sezgir qilish. bir bola kunning butunlay yo'q rejimi bo'lsa, u asab tizimi, chunki doimiy o'zgarish siqilishini yaxshi, turli vaqtlarda uyqu nozil yotadi, hech qanday doimiy bandligini ega. Charchoq. isteriya Kamdan-kam tez-tez charchash tufayli sodir. uzoq yo'l so'ng, bor bo'lsa va hokazo erta turish uchun Maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining xususiyatlari Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik, oliyjanoblik, insonparvarlik, odamgarchilik, aql-idrokli bo‘lish, odob-axloqlilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, so‘zamollik, xushso‘zlilik, ilmli bo‘lish kabi xislatlar bilan boyitish inson kamolotining me’yori bo‘lib kelgan. Chunki komil insonning ma’naviyati yuksak bo‘ladi Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan kishi esa o‘z xalqining tarixi, urf-odati, qadriyati hamda an’analari, madaniyatini chuqur biladi va unga rioya qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Ushbu tizim oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi. Maktabgacha davr bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga intilish, o‘rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan davridir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik barvaqt namoyon bo‘ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta’sir qiladi. Shunday ekan, bolalar tafakkurini rivojlantirish asosiy vazifalardan biriga aylanadi. Buning uchun uning yirik va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish zarur. Chunki inson qo‘l va barmoqlarida nerv tolalari joylashgan. Barmoqlar orqali inson axborot oladi. Bolalarning mayda motorikasi uning nutqi, mantiqiy tafakkurini shakllantirishga ta’sir etadi. Bolalarning qo‘l va bilak motorikasi to‘g‘ri rivojlantirilsa, miya faoliyati shunchalik yaxshi taraqqiy etadi. Qo‘l barmoqchalari motorikasining rivojlanishi quyidagi holatlarni yuzaga keltiradi: – tafakkurning rivojlanishi; – harakat koordinatsiyasining rivojlanishi; – xotira va diqqatning oshirish; – yozish ko‘nikmalarining shakllanishi; – nutqning ravonlashuvi. Tasavvur etish, tafakkurning rivojlanishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotlaridagi asosiy vazifalardan biri – bola miyasida buyum va hodisalar haqidagi axborotni tasavvur ettirish. Masalan, rasm chizish, turli o‘yinlar, kubiklardan biron-bir narsa yasash orqali bola ana shu axborotni tafakkurida rivojlantiradi. Ushbu tafakkur turi boshqa tafakkur turlariga asos bo‘lib, so‘z boyligi, mantiqiy tafakkurning shakllanishi, kelajakdagi maktab darslarini a’lo darajada o‘zlashtirishda ko‘maklashadi. Bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladi. Ular hamma narsani bilishi juda zarur: ta’mini tatib ko‘rishi, ushlab ko‘rishi, tushunarsiz va yangi bo‘lgan narsalarga o‘z tushuntirishlarini o‘ylab topishi, tajriba o‘tkazib ko‘rishi va o‘z farazlarini tekshirishi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga uni o‘rab turgan olamni tanishiga yordam berishi zarur. Bola 3 yoshigacha asosan predmet va harakatlarning nomlarini o‘zlashtiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatib, bu predmet yoki harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlari ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez o‘zlashtiradi. Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning analizatorli idrok etish jarayoni ham yanada takomillasha boradi. Bola hayotining 3-yoshida beixtiyor idrok maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolada ma’lum bir maqsadga qaratilgan, tanlangan idrokka aylanadi, kuzatuvchanlik tarkib topadi. Idrok etishda so‘zning roli osha boradi, endi bola narsalarning belgilab qo‘ygan sifatlari va xususiyatlarini aytib ko‘rsatadi. Download 77.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling