Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


Buning sababi shundaki, Yunoniston va Rim madaniyat, san’at hamda


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

Buning sababi shundaki, Yunoniston va Rim madaniyat, san’at hamda 
adabiyotning qadim beshigi hisoblanadi. Antik adabiyotning tug'ilish 
joyi Yunoniston bo‘lsa-da (miloddan oldingi VII—VI asrlar), III asrda 
Rim madaniyatming barpo etilishiga ham katta ta’sir ko'rsatgan. Bu 
madaniyat milodiy V—VI asrlarga qadar davom etgan. Antik davr 
madaniyatning chinakam gullab-yashnagan pallasi bo'ldi. Qadimgi 
Yunoniston va Rimda yaratilgan me’morchilik, san’at va adabiyot 
namunalari o ‘zining mukammalligi, yuksak darajada mahorat bilan 
yaratilganligi, inson tafakkuri tomonidan qilingan ulkan kashfiyotlari 
bilan insoniyatni hanuz hayratga solib kelmoqda.
Bu davrda yetishgan ijodkorlar ko‘pchiligining nomi asrlar osha 
bugungi davrga qadar yetib keldi. Ular yaratgan asarlar faqat badiiy 
tomondan yuksak darajada bo‘lib qolmay, ko‘tarilgan muammolar, 
insoniy kechinmalar, hissiyotlarning azaliyligi va barchaning diliga 
birdek yaqinligi bilan ham hozirgi kunga qadar o‘z jozibasini yo'qotgani 
yo‘q. Buyuk Gomer, uning «Iliada» va «Odisseya» asarlari yoki Sofokl 
nomi, mashhur «Shoh Edip» tragediyasini bilmagan kitobxonni topish 
qiyin. Aynan ko'hna Y unonistonda yozma badiiy ijodning ilk 
namunalari vujudga kelgan, bizning hozirgi kundagi adabiyotning 
vazifasi, lining kishilik jamiyatidagi o ‘rni, badiiy ijod tabiati, turlari 
(ya’ni, epos, lirika va dramaga bo'linishi), she’r qurilishi, voqelikni 
aks ettirish usullari va h.k. to‘g ‘risidagi tasawurlarimiz ibtidosi Qadimgi 
Yunonistonda o ‘sha kezlarda paydo bo'lgan tushunchalarga borib 
taqaladi, bu qarash va tushunchalar keyinchalik Rimga, undan so‘ng 
esa butun dunyoga yoyilgan, hozirda jahon estetikasining umumiy 
mulki hisoblanadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling