Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


San’at, adabiyot, tarix va notiqlik sohalaridagi yutuqlar bilan bir


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

San’at, adabiyot, tarix va notiqlik sohalaridagi yutuqlar bilan bir 
qatorda yunon falsafasi ham taraqqiy etdi. Platon, Suqrot, Aristotel 
kabi faylasuflar yaratgan ta’limotlar to hozirgi kungacha falsafa lanidagi 
oqim va yo'nalishlarga asosiy zamin va namunali manba bo'lib 
kelmoqda.
Rim adabiyotining antik davri ham qator buyuk san’atkorlarni 
yetishtirib chiqardi. Notiqlik borasida Sitseron olamshumul shuhrat 
qozondi, eng qadimgi rim tarixchisi Gay Yuliy Sezarning asarlari shu 
kunga qadar tarix va lotin tilini o'rganishda noyob qo'llanma bo‘lib 
xizmat qiladi. She’riyatda Vergiliy, Goratsiy, Ovidiy kabi ulug‘ shoirlar 
o'zlarining asarlari bilan Rim she’riyatini mumtoz yunon adabiyoti 
daiajasiga olib chiqishga muvaffaq boldilar. Vergiliy «Eneida» dostoni 
bilan Rim she’riyati shuhratini yer yuziga taratdi. Goratsiyning 
«Epodlar», «Satirlar», «Qasidalar» nomli asarlari dunyoda tanilgan, 
uning o ‘z davri ijodkorlariga ham, keyingi asrlar dunyo ijod ahliga 
ham ta’siri sezilarli bo'lgan. Yangi zam on Yevropa lirikasining 
shakllanishida ham uning xizmatlari katta. Ovidiy elegiya janrida 
samarali ijod qilgan. Uning «Ishqiy elegiyalar», «Qahramon ayollar», 
«Maktublar» kabi asarlari bu sohaning go'zal namunalaridix. Ovidiy 
ijodining cho'qqisi «Metamarfozalar» hisoblanadi. Ularda yunon va 
rim mifologiyasida ko‘p uchraydigan alsonaviy turlanishlar — ma’bud 
va ma’budalarning, suv va o'rmon parilarining, ayniqsa, odamlarning 
jonivorlarga, o'simliklarga, tosh va tog'larga, osmon jismlariga aylanib 
qolishlari haqidagi rivoyatlar hikoya qilinadi.
Antik adabiyotning so'nggi vakili yuqorida aytib o ‘tilgan nosir 
Apuley bo'lib, uning «Oltin eshak» romani bilan ushbu davr nihoyasiga 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling