shoiri Feokrit boshlab bergan, Vergiliy ushbu janrda yozilgan
«Bukoliklar» («Chpon qo'shiqlari») asari bilan shuhrat qozongan.
Antik adabiyotda nasriy asarlar ham mavjud bo‘lgan, biroq
hozirgisidan farqli o ‘laroq uncha mashhur bo'lmagan, ular oddiy
kitobxon uchun vaqt o'tkazish vositasi sanalgan. Antik nasrning
bizgacha yetib kelgan eng yaxshi namunalari Longning nasrdagi
idilliyalarni yodga soluvchi «Dafnis va Xloya» romani, shuningdek,
Rim nosirlari Petroniyning «Satirikon» va Apuleyning «Metamar-
fozalar» («Oltin eshak») romanlaridir.
Tarixiy nasrning vujudga kelishi ham shu davrga to ‘g‘ri keladi.
Qadimgi yunon va rimliklar to'qimadan ko‘ra tarixiy voqealar haqidagi
asarlami o'qishni sevganlar. Tarixiy asarlar badiiylik unsurlariga boy
bo'lib, goh eposlami, goh dramalami yodga solar ed i Masalan, Gomer
epik tur unsurlaridan foydalangan bo‘lsa, Fukiridda tragediyaga xos
fojeiylik kuchli edi Rimda Tit Liviy o ‘tmish hodisalarining mohir
kuychisi sifatida shuhrat qozongan. Bu davrning asarlari bizgacha yetib
kelgan, ilk namoyandasi Geradotdir. Uning «Tarix» asari 9 bobdan
iborat bo‘lib, har biri yunon mifologiyasidagi to ‘qqiz muzaning nomi
bilan atalgan. Asar Eron-Yunon urushiga bag‘ishlangan. Mualiifuiush
tarixini boshlashdan oldin ana shu xalqlarning olis o'tmishi, o'sha
paytlarda yunonlarga tanish bo'lgan xalqlar to ‘g ‘risida qiziqarli
ma’lumotlar keltirgan, jumladan, Yaksart va Oks daryolari o'rtasidagi
bepoyon sahroda yashovchi 0 ‘rta Osiyo xalqlarining qadim ajdodlari
ko'chmanchi massagetlar bilan Eron bosqi^hilari o'rtasida bo‘lgan
janglami ham tasvirlagan («To'maris» afsonasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |