Sh o sr a n o r m a t o V a j a h o n a d a b iy o t I


ota g ‘aza Liga minadi, biroq yechim kutilmagan bo‘lib chiqadi — qiz


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/75
Sana08.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1758714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Jahon adabiyoti

ota g ‘aza Liga minadi, biroq yechim kutilmagan bo‘lib chiqadi — qiz 
risoladagi oiladan ekanligi ma’lum bo'ladi. Asar shu tariqa quvnoq 
kulgi bilan tugaydi) bo‘lgan. Yunonistonda bunday komediyalarning 
mohir ustasi Menandr, Rimda esa Plavt va Terensiy edi.
Antik she’riyatning uchta tushunchasi hozirgi kunga qadar o ‘z 
raohiyati va ahamiyatini yo'qotgan emas: she’rlar mavzu mundarijasiga 
ko‘ra «anakreont odasi» — sharob va sevgi haqida, «goratsian odasi»
- oqilona hayot kechiiish va aql-idrokka asoslanish lozimligi to‘g‘risida, 
«pinadrik oda» - xudolar va qahramonlarni ulug'lovchilarga ajratilgan. 
.Anakreont sodda va quvnoq she’rlar yozgan, Pinadr uslubi esa bosiq, 
vazmin, ulug'vor, rimlik shoir Goratsiy she’rlari go'zalligi va aniqligi, 
hissiyotga ortiqcha erk bermasligi, ya’niaqlga, idrokka asoslanganligi 
bilan ajralib turadi. She’rlar kuyga solib aytish uchun yozilar, oda 
so 'zi «qo‘shiq» ma’nosini anglatar edi. Yoddan o'qish uchun 
mo‘ljallangan she’rlar «elegiya» deb atalar edi, ular ko'pincha sevgi 
va o ‘lim to ‘g‘risidagi o ‘ylar, mulohazalar ifodasidan iborat bo'lar edi. 
Sevgi elegiyalarining yuksak namunalari Tibull, Propersiy va Ovidiy 
qalamiga mansub. Bir necha misradan iborat qisqa elegiya epigramma 
(yozuv) deb atalgan, keyinchalik Marsial ushbu janm i rivojlantirgan.
Antik adabiyotda bulardan tashqari satira va idilliya (yoki ekloga) 
janrlari ham bo'lgan, biroq hozirgi kunda ular mavjud emas. Satira 
atamasi ostida zamonasining kamchiliklarini fosh etuvchi pand-nasihat 
ruhidagi she’rlar tushunilgan, bu janr Rim adabiyotida Yuvenal ijodida 
yuksaklikka ko‘tarilgan. Idilliya sevishgan cho'pon yigit va cho'pon 
qiz hayotidan lavha aks ettiruvchi asar bo'lib, uni ilk marotaba yunon 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling